Suv ob’ektlari
Daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug‘orishga xizmat qiluvchi kanallar; ko‘llar va suv omborlari; muzliklar; er osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar).
Suv xo‘jaligi ob’ektlari (inshootlari)
Gidrouzellar va suv omborlari; suv ob’ektlaridan suv olishga mo‘ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv ob’ektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‘planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari.
|
a) tabiiy suv manbalari (“O‘zgidromet” markazi):
kadastr ob’ektining nomi;
yuridik va jismoniy shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
kadastr ob’ektining idoraviy mansubligi;
kadastr ob’ektining maqsad vazifasi;
kadastr ob’ektining o‘rnashgan joyi;
kadastr ob’ekti ishga solingan sana (sun’iy suv ob’ektlari uchun);
daryo va ko‘llardagi suv sathi (belgilangan muddatlarda, shuningdek kritik vaziyatlada);
daryo va kanallarda suvning asosiy gidrologik postlar bo‘yicha o‘rtacha oylik, o‘rtacha yillik va ekstremal sarflanishi.
|