1 ma’ruza mexanika asoslari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə26/43
tarix02.02.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#122912
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
1 ma’ruza mexanika asoslari

Gaz emboliyasi
Agar havo pufakchasining turli tomonida suyuqlik bir xilda ta’sir ko‘rsatayotgan bo'lsa, havo pufakchasi ikkala tomoni ham bir xil egrilik radiusiga ega bo'ladi. Agar pufakchaga tomonlardan biri ortiqroq bosim bilan ta ’sir etsa, masalan, suyuqlik harakatida menisklar deformatsiyalanadi va ularning egrilik radiuslari o ‘zgaradi, havo pufakchasining turli tomonidagi qo‘shimcha bosim esa bir-biridan farq qiladi. Bu hol havo pufakchalari tomonidan suyuqlikka shunday kuch ta’sir etishi natijasida suyuqlikni kapillar naydagi harakat tezligi kamayadi yoki butunlay to‘xtab qoladi.
Bunday hodisalar odamning qon aylanish sistemasida ham yuz berishi mumkin.
Qonga kirib qolgan havo pufakchalari kichik qon tomirlarini to‘sib qolishi va birorta organning qon bilan ta’minlanishidan mahrum etishi mumkin. Gaz emboliyasi deb ataladigan bu hodisa natijada jiddiy funksional shikastlanishga yoki hatto letall (o‘lim)ga olib kelishi mumkin. Gaz emboliyasi yirik venalar jarohatlanganda hosil bolishi mumkin; bunda qon oqimiga kirib qolgan havo pufakchasi qonning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Vena tomirlari ichiga turli xil dorivorlar quyishda havo pufakchalari kirib qolmasligi lozim.
G‘avvoslar juda katta chuqurlikdagi suv ostidan tezlik bilan suv sathiga chiqarilganda ularning qonidan gaz ajralib chiqib, pufakchalar paydo bo‘lishi, uchuvchilarda va kosmonavtlarda ju d a yuqori balandliklarda kabinalari va skafandralarining germetikligi ishdan chiqishida gaz emboliyasi yuz berishi mumkin. Bu hoi qon tarkibidagi suyultirilgan gazlarning, atrofdagi atmosfera bosimining keskin kamayishi tufayli erkin holga, ya’ni gaz holatiga o ‘tishidir. Qon tarkibidagi gazlar bosimining asosiy qismini a’zot tashkil etganligi tufayli bosimning keskin kamayishida gaz pufakchalarining qonda paydo bo‘lishida ham azot yetakchi rolni o‘ynaydi, chunki u organizm va uni o‘rab olgan havo bilan gaz almashinuvi jarayonida ishtirok etmaydi.
4-DARS


Mavzu: Еlektr va magnit maydon tushunchalari

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin