1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)



Yüklə 410,61 Kb.
səhifə101/117
tarix07.11.2022
ölçüsü410,61 Kb.
#119097
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

249-mashq. O‘qing. O‘tgan zamon fe’llarini aniqlab, turini, yasalishi va tuslanishini tushuntiring, so‘ngra quyidagi jadvalga joylab, zamon ma’nosini ifodalovchi affiks tagiga to‘g‘ri, shaxs-son affiksi tagiga to‘lqinli chiziq chizing.

Yaqin o‘tgan zamon fe’li


Uzoq o‘tgan zamon fe’li


O‘tgan zamon davom fe’li


O‘tgan zamon maqsad fe’li


O‘tgan zamon hikoya fe’li













1. Kun botgan, lekin qorli cho‘qqilarni chulg‘ab olgan ulkan alanga so‘nmagan, butkul borliq: osmono‘par tog‘lar, ko‘m-ko‘k archazor qirlar, yam-yashil yaylovlar, sharqirab oqqan soy — hamma-hammasi go‘yo bu ulkan alanganing shu’lasiga chulg‘angan-u, bo‘lakcha bir tiniqlik kasb etgan, tog‘u toshlargina emas, hatto maysalarga ham oltindan jilo berilganday mayin tovlanar, shabadada yastangan o‘tloqlar dam ko‘k-sarg‘ish ipakday eshilar, dam qizg‘ish rangga kirib, yal-yal yonardi... Qaerdadir ko‘kda, ko‘z ilg‘amas balandlikda, so‘fito‘rg‘aylar vijir-vijir qiladi, tog‘u toshlar panasida kakliklar sayraydi. (O. Yoqubov.)
II. 1. Hammalari xayrlashib o‘z mamlakatlariga jo‘nabdilar. Abulqosim singlisini yurtiga olib borib, ota-onasining qo‘liga topshiribdi. So‘ng o‘z yurtiga jo‘nabdi. O‘z ona yurtiga yetib kelibdi. Olti oydan beri otasi mamlakatga to‘y berayotgan, shu kun to‘yning oxirgi kuni ekan. Abulqosim uyiga kelsa, akalari taxtda o‘tirganmish. («Gulpari».) 2. Bosh ko‘tardik, zulmdan Bo‘lmoqchi edik ozod. (H. O.)
III. Hademay Husaynning navkarlari bu notanish yigit bilan qarorgohga yaqinlashib keldilar; hashamdor chodirga kira berishda Muzaffarbek o‘z navkarlarini toqatsizlik bilan kutmoqda edi. U qo‘lini ko‘zlariga soyabon qilib uzoqlarga tikilar, chap qo‘li kattakon qilichning sopini mahkam qisib turardi. Vaqt o‘tib borar, Sulton Husayn esa kutishni xush ko‘rmasdi. (L. Batь.)


Yüklə 410,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin