A) Ikkalasi navqiron aktrisaga bamisoli sehrlanganday tikilishardi. B) Shuxatlardan ikkitasini sho‘xroq yigit yozgan edi. C) Bu erda u sakkizinchi va to‘qqizinchi sinflarda bir yo‘la o‘qishga ulgurdi. D) A, B.
29. Egalik affiksining qaysi shaxsdagi shakli otlashgan sonlarga qo‘shilmaydi?
A) II shaxs ko‘plik B) I shaxs birlik
C) III shaxs birlik D) II shaxs birlik
30. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Majlisga besh-olti ota-ona keldi. B) Karima to‘rt-besh yil sabr qildi. C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo‘ldi. D) O‘n beshinchi kuni hovlimizga ko‘chgan edik.
31. Gap tarkibida qo‘llangan juft sonlar asosan sonning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub?
A) tartib sonlarga B) jamlovchi sonlarga
C) chama sonlarga D) qo‘shma sonlarga
32.Birso‘zining chegaralov (ayiruv) ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) Bir gektar erni bog‘u bo‘stonga aylantirdi. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsiradi. C) U bir kuni ovga chiqdi. D) Hamma keldi, bir Hakimjon ko‘rinmadi.
33. Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Bu sinfda yigirma beshta o‘quvchi ta’lim oladi. B) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. C) Shahrimizda o‘nlab teatrlar bor. D) Ikkovimiz ham pastga tushdik.
34. Taqsim son qaysi gapda mavjud?
A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodringdan to‘rttasi bor. B) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. C) Bemorlar palatalarga to‘rttadan joylashtirildi. D) Ularning ikkovi ham jim qolishdi.
35. Qaysi qatordagi tartib son dastlabki, ilkma’nosida kelgan?
A) Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi.
B) Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik. C) Ikkinchi kattalarning so‘ziga aralashma. D) Atirgullar, ko‘rkam karnaygullar, xil-xil gulbeorlar kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi.