Reja:
1.
Nochiziqli elektr zanjirlari.
2.
Nochiziq;I elementlarni volt-amper xarakteristikalari.
3.
Nochiziqli induktivlik va uni xarakteristikasi.
Elektr zanjirining qarshiligi tok kuchiga va kuchlanishiga bog`liq bo`lgan zanjir nochiziqli
zanjir deb ataladi. Nochiziqli zanjirlarga cho`g`lanma lampalar, elektron lampalar, ion va yarim
o`tkazgichli asboblar misol bo`la oladi.
Buday zanjirlarning qarshiligi doimiy bo`lmagani uchun zanjirdagi tok kuchi uning
qismlaridagi kuchlanishga proporsional bo`lmaydi. Nochiziqli zanjir uchun Om qonunini tadbiq
etin bo`lmaydi.
1-rasm a) da yarimo`tkazgichli diodning amper-bolt xarakteristikasi ko`rsatilgan. Rasmdan
ko`rinib turibdiki diodning xarakteristikasi nosimmetrikdir.
Termistorlarning sezgirligi xararoratning o`zgarishiga bog`liq. Ularning qarshiligi
temperature o`zgarishi bilan metall qarshiligiga nisbatan keskin ortadi. Ular o`lchov
qurilmalarida muxitning xaroratini gazning oqish tezligini aniqlashda keng qo`llaniladi.
1-rasm. b) da ikki hil xarorat uchun termistorning volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan.
1-rasm. a) yarimo`tkazgichli diodni volt-amper xarakteristikasi. b) ikki xil xarorat uchun
termistorning volt-amper xarakteristikasi.
Xaraktersitikaning boshlang`ich soxasida qarshilik chiziqli tarzda o`zgarib boradi.
Xarakteristikaning egilish A nuqtasidan keyin tok ortishi bilan termistor qarshiligining kamayishi
tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: |