1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Quyidagi hollarda urg’uning o’rni o’zgaradi



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə23/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Quyidagi hollarda urg’uning o’rni o’zgaradi:
1. Arab va tojik tilidan o’tgan so’zlarda: ho`zir, a`slo, do`im, ya`ngi…
2. Modal so’zlarda: ze`ro, afsu`ski, alba`tta.
3. Ba’zi yordamchi so’zlarda: ba`zan, le`kin.
4. Olmoshlarda: qa`ysi, qa`ncha, ha`mma, ba`rcha, a`llakim, ki`mdir, ha`r kim, he`ch nima.
5. Fe’lning buyruq shaklida: ke`lsin, ke`ltir, te`gma kabi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi.
O’zbek tilida ayrim qo’shimchalar urg’u olmaydi . Ular quyidagilar:
1. Birinchi guruh shaxs-son qo’shimchalari: -man, -miz, -siz: biz o’quvchimiz.
2. Dona va chama son yasovchi qo’shimchalar: -ta, --tacha. Mas, o’`ntacha, yigirma`ta.
3. Ravish yasovchi qo’shimcha: -cha, -dek, -day, -larcha: o’zi`cha, olti`nday.
4. Fe’lning bo’lishsiz shakli: -ma: olma` (ot)- o`lma (fe’l), qaynatma` (sifat)- qayna`tma (fe’l).
5. Yuklamalar: -mi, -chi, -ku, -da, -a, -ya, -u, -yu, -gina, -oq, -yoq: qi`zgina.
6. Sof ko’makchilar urg’u olmaydi: kabi, singari, uchun; (bunda urg’u ko’makchi bog’lanib kelgan oldingi mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi: qalám bilan)
So’z urg’usining ahamiyati
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilishda yordam beradi.
2. So’z ma’nolarini farqlashda yordam beradi.
3. So’z shaklini farqlashda yordam beradi.
Urg’u ma’no farqlaydigan so’zlar lug’ati
Suzma` (ot) su`zma (fe’l)
Surma` (ot) su`rma (fe’l)
Atla`s (ot) a`tlas (ot) xarita
Olma` (ot) o`lma (fe’l)
Fi`zik (ot) fizi`k (sifat)
Yangi` (sifat) ya`ngi (ravish
Yigitcha` (ot) yigi`tcha (ravish)
Qishloqcha` (ot) qishlo`qcha (ravish)
Qizgina` (ot) qi`zgina (yuklama-chegara)
Qushcha` (ot) qu`shcha (ravish)
Bosma` (ot) bo`sma (fe’l)
Ho`zir (shu yerda edi) hozi`r (davrada hozir bo’ldi)
Gramma`tik (ot) grammati`k (sifat)
Ishla`r (ot) i`shlar (fe’l)
Bog’la`r (ot) bo`g’lar (fe’l)
Qo’lla`r (ot) qo’`llar (fe’l)
Sizsi`z (sifat) si`zsiz (shaxs-son qo’shimchasi)
Eti`k (ot; oyoq kiyim) e`tik (masalaning etik tomoni)
Mexa`nik (ot) mexani`k (sifat)
Tugma` (ot) tu`gma (fe’l)
So’zla`r (ot) so’`zlar (fe’l)
Ko’zla`r (ot) ko’`zlar (fe’l)
Chog’la`r (ot) cho`g’lar (fe’l)
Topshiriq:

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin