1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə36/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O’ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO’G’RISIDA”GI QONUNIGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonuniga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o’zgartirishlar kiritilsin:
1. 1- moddadagi “31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof) dan” so’zlari “26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan” so’zlari bilan almashtirilsin.
2. Cc, Ɉɉ harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3. ÕÕ, harfi O’o’ shaklida, Gg` harfi G’g’ shaklida, Şş harfi Shsh shaklida, C,c, harfi Chch shaklida, Ňň harfi Ngng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
4. Aa,Ii,Gg,G’g’, Qq,O’o’, Zz harflari va Chch harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha Aa, Ii, Gg, G’g’, Qq, O’o’, Zz, Chch tarzida ifodalansin.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov
Toshkent shahri,
1995-yil 6-may.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
339-son, 1995- yil 24-avgust. Toshkent sh.
O’ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI
TASDIQLASH HAQIDA
O’zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalarilotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi , Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat Matbuot qo’mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo’llanma sifatida o’zbek tilining imlo lug’atini , kishi ismlari va joy nomlari lug’atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko’rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo’limlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining

Raisi I.Karimov





Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin