Migratsiya (lotincha) – ko’chish, joyni o’zgartirish, aholini bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chirish.
Oykumena (yunon) – joylashtirish; yer sharining ba’zi qismlariga odamlarning dastlabki joylashuvi. Ma’lum hududiy ijtimoiy xo’jalik madaniy muhitining kompleks tushunchasi.
Relyef (lotin. relyefo- ko’taraman) - haykaltaroshlikning bir turi. Shakl, tasvir fon (zamin) dan bo’rttirib yoki, aksincha, o’yib hosil qilinadi. Relefning asosiy turlari: barelyef va gorelyef.
San’at – arabcha atama bo’lib, hayotdagi narsa va hodisalarni badiiy obrazli tarzda aks ettiruvchi ma’naviy madaniyatning tarkibiy g’ismi. U tasviriy va amaliy san’at, musig’a, me’morchilik, teatr, kino, badiiy adabiyotni o’z ichiga oladi.
Tabaqa – meros bo’lib o’tgan kasbi va jamiyatdagi alohida(ko’pincha yuridik jihatdan mustahkamlangan) mavqei bilan bog’langan shaxslar guruhini aks ettiradi.
Tasviriy san’at - san’at turi.Rassomlik san’ati, grafika, haykaltaroshlik va foto san’ati sohalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy san’at real borliqni ko’rgazmali obrazlarda, mavjud narsalarni ularning tabiiy shakli, o’rni va boshqalarni o’ziga o’xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi, predmetlarning hajmi,o’zaro qanday masofada joylashgani va boshqalar to’g’risida tomoshabinda tasavvur hosil qiladi.
Terrakota (lot. terra – yer va cotta - qizdirilgan) – kulollikda ishlatiladigan loy va shunday loydan tayyorlab olovda qizdirilgan mahsulot, sopol. Ro’zg’orda (idish va buyumlar), haykaltaroshlik va qurilishda (sopolak, parchin, arxitektura detallari) ishlatiladi. Terrakota tayyorlash uchun, odatda, tarkibi va rangi bir hil tuproq tanlanadi. Shakl berishda yog’och va gips qoliplar ishlatiladi. Koshinning ayrim xillari ham terrakotadan tayyorlanadi.
Urbanizatsiya (lotincha) – aholi va sanoatning yirik shaharlarda to’planish jarayoni, shaharlashuv. Ijtimoiy tarixiy jarayon sifatida sivilizatsiyaning shahar madaniyati markazlarining vujudga kelishi.
Freska (ital. fresko – yangi, qurimagan) - bo’yoqni suvga yoki ohak qo’shilgan suvga qorib yangi, qurimagan suvoq ustiga ishlanadigan rassomlik san’ati asari. Qadimdan devoriy rasmlarning asosiy texnikasi bo’lib kelmoqda. Suvoq, odatda, o’chgan ohakka ikki hissa kum qo’shib tayyorlanadi, suvoq qurigandan keyin uning yorilib ketmasligi ta’minlanadi. Ohak bilan qo’shilganda aynimaydigan, shuningdek vaqt o’tishi bilan nur ta’sirida buzilmaydigan bo’yoqlardan foydalaniladi. Freska uchun suvoq va bo’yoq tayyorlashning turli usullari mavjud. Freska rassomdan katta mahorat, tezkorlik talab qiladi, tasvir qisqa vaqt ichida suvoq qurimay turib tayyorlanishi kerak.
Sivilizatsiya(lot. cuvilis) -fuqarolikka, davlatga taalluqli), tamaddun— 1) keng ma’noda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyatso’zining sinonimi. Bu termin ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr Ts.si, Mesopotamiya Ts.si va b.); 4) yovvoyilik va vahshiylikdankeyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. «Ts.» tushunchasi 18-a.da «madaniyat» tushunchasi b-n uzviy bog’liq ravihda paydo bo’lgan. Frantsuz faylasuf ma’rifatparvarlari akl va adolatga asoslangan jamiyatni Ts.lashgan jamiyat deb bilganlar. Ko’pchilik faylasuflar «Ts.» deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, «madaniyat» deganda esa fakat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, «Sivilizatsiya» har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.