1-mavzu. Texnik ijodkorlik va konstruksiyalashni rivojlantirish


Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari



Yüklə 34,37 Kb.
səhifə2/3
tarix10.02.2023
ölçüsü34,37 Kb.
#123263
1   2   3
1-мавзу

Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari. Sabablarni aniqlash; oqibatlarni aniqlash; isbot; rad etish; qonuniyatlarni aniqlash; yangi funksiyani aniqlash; tizim elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish uchun masalalar. Muammolarni shakllantirish; tadqiqot rejasini, muammoni echish rejasini tuzish; kuzatishlar, o‘lchashlar va sinovlarni rejalashtirish va o‘tkazish; faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash.
Ijodkorlik masalalari tizimiga shuningdek turli xil guruhlardan masalalarni birlashtirish yo‘li bilan olingan kombinatsiyalangan topshiriqlar ham kiritilishi mumkin. Biroq ijodkorlik masalalarini darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zidan-o‘zi qo‘llanilishi bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va rivojlantirish emas. Bu jarayon o‘quvchilar ijodkorlik masalalarini echish metodlarini o‘zlashtirib, mustaqil ravishda ularning keyingi bobda batafsil to‘xtaladigan modifikatsiyalari (turlari)ni yaratganlarida amalga oshiriladi. Ijodkorlik masalalarini echish uchun hech qanday metodlar qo‘llanmasa, bu o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan, lekin hech nima shakllantirmaydigan va rivojlantirmaydigan «topag‘on» o‘yinidan boshqa narsa emas.
1.10. Maktab ta’limi va ijodkorlik. Nimaga maktabni tugallagandan so‘ng bitiruvchilarning sezilarli qismi ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rgansizmi? Ko‘pgina o‘qituvchilar bolalarni ijodkorlikka o‘qitishlarini, ular bilan ko‘p sonli ijodkorlik masalalarini echishlarini ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo‘yicha har qanday mavzuni o‘rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasavvurlarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko‘nikmalarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.
3. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o‘rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Mavzu bo‘yicha o‘quv ishining dastlabki ikki bosqichi bizning maktablarimizda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikki bosqichda. Birinchidan, ko‘pchilik o‘qituvchilarda har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quv ishining bu bosqichlari umuman yo‘q. Ikkinchidan, ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanishi o‘qituvchining ixtiyorida alohida masalalarni emas, balki ijodkorlik masalalari tizimini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Uchinchidan, ijodkorlik masalalarini echish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatining zamonaviy metodlarini egallashi zarur. Afsuski, bu metodlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilariga ham ma’lum emas. To‘rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, shuningdek, murakkab bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarishni taxmin etadi. Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi ma’lumotlar tez eskiradi. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlash o‘quvchilarni rivojlantirish, to‘ldirish va to‘g‘rilashni tahmin qiladi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilarga nafaqat darslik muammolari – matematik, fizik, tarixiy va boshqalar, balki fanlararo, masalan: LEP qo‘yilmasi, to‘g‘on qurilishi, parfyumeriyaning yangi kolleksiyasini yaratish, yangi dorilar, avtomobilning yangi modelini ishlab chiqarish, san’atda yangi yo‘nalishlar, janrlar va mavzularni izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar real hayotda ko‘p uchrasa-da, maktabda hozircha juda kam qo‘llaniladi.
SHunday qilib, o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatining elementar asoslariga o‘qitishda yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilarning ishida o‘zgarishlar kamlik qiladi, bunda ta’lim mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o‘zgartirish zarur. Ammo bu ish tez orada qilinmaydi. SHuning uchun muallif o‘quvchilarga ilmiy adabiyotlar va ijodkorlik masalalarini qo‘llab, har bir mavzuni o‘rganishning oxirgi ikki bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi.
1.11. Ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) to‘g‘risida. XX asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o‘z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qilib maqsadli yaratish mumkin, degan muammoni qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo‘li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo‘q edi. Bu muammoni echish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini echish algoritmining birinchi modifikatsiyasini yaratdi. SHu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar uchun tinglovchilarni texnik masalalarni echish uchun algoritmni qo‘llashga o‘rgatadigan o‘quv seminarlari o‘tkaza boshladi, parallel holda uni mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi. Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. SHu tarzda ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi (TRIZ) tug‘iladi.
Seminarlarda tinglovchilarni o‘qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo‘ydi – nimaga tinglovchilarning katta qismi TRIZni o‘zlashtirgandan keyin ham yangi texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni echish uchun Altshuller ijodkorlik faoliyati umumiy qonuniyatlarini ochish maqsadida etuk yaratuvchilarning biografiyalari (1000 dan ortiq biografiyalar) to‘g‘risida adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish TRIZni o‘qitish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy strategiyalari to‘g‘risida ta’limot yaratadi. Qo‘yilgan muammo ilmiy asoslangan echimni topadi – maqsadli yo‘naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik metodlarini egallash etarli emas, balki o‘zida ijodkor shaxs xislatlarini ham tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur. G.S.Altshuller qilgan xulosa o‘zining oddiyligi va shu bilan birga murakkabligi: huddi san’at, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs xislatlarini ozchilik o‘zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o‘z hayotini ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin.
80-yillar o‘rtalarida Altshullerning izdoshlari TRIZ elementlarini san’atda, fanda, pedagogikada, psixologiyada, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llay boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari: TRIZ + PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SAN’AT, TRIZ + TIBBIYOT yuzaga keldi. Bu yo‘nalishlardagi ishlar ko‘p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy natijalar olib keldi.
Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro TRIZ assotsiatsiyasi yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko‘pgina yirik shaharlarida va qator boshqa davlatlarda TRIZ markazlari va maktablari faoliyat olib bormoqda.

Yüklə 34,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin