1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi


Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi



Yüklə 393,29 Kb.
səhifə30/43
tarix26.11.2023
ölçüsü393,29 Kb.
#136033
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M

3. Voqyea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi
Nima uchun voqyea joyi ko’zdan kechiriladi?
Ko’zdan kechirish – alohida tergov harakati bo’lib, jinoyat izlarini boshqa daliliy ashyolarni izlab topish, voqea tafsilotini, hamda ushbu
jinoiy ishga aloqador boshqa tafsilotlarni aniqlashga qaratilgan. Ko’zdan kechirish boshqa tergov harakatlarining tarkibiy qismidir. Voqea joyini ko’zdan kechirish tergov harakatlarining eng muhim sharti bo’lib, ana shu paytda olinadigan ma’lumotlar, taassurotlarning o’rnini boshqa tergov harakatlari yordamida to’ldirib bo’lmaydi. Masalan, jinoyatchining qo’l va oyoq izlari, foydalangan qurollari muhim dalil bo’lib xizmat qiladi. Voqea joyini ko’zdan kechirish zudlik bilan o’tkazilishi kerak. Chunki izlar, daliliy ashyolar g’oyib bo’lishi, hodisaga guvoh bo’lganlar voqeaning tafsilotini bayon etishda unutib qo’yishlari mumkin.Ko’zdan kechirish mobaynida, ma’lumotlarning tanqisligi sharoitida qiyin masalalarni fikran hal etishga to’g’ri keladi, tergovchi bunday vaziyatda qo’lga kiritilgan faktlar, ayrim tafsilotlarga tayanadi, o’z bilimlari, professional va hayotiy tajribasidan ko’pincha hissiy (intuitiv) ehtimol va taxminlar darajasida foydalanadi.
Intuisiya deganda nimani tushunasiz?
Tergov intuisiyasi – ma’lumotlar qariyb yo’q bo’lgan bir vaziyatda ijodiy vazifani tez, bevosita hal etishga oid tajriba va bilimlardan orttirilgan aql - idrok qobiliyatdir. Taxminning tekshirib ko’rilishi jarayonida dastlabki versiya puch bo’lib chiqishi mumkin. Bu psixologik nuqtai nazardan ikki oqibatni keltirib chiqaradi. Avvalo yetishmayotgan ma’lumotlarni qidirishga kirishiladi.Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish faqat jinoiy tafsilotlar haqida ma’lumotlar olishgina emas, balki jinoyatchi shaxsining xususiyatlarini (jismoniy, biologik, psixologik) bilib olish imkonini beradi. Voyea joyida jinoyatchining yoshi, jinoyatchilarning kasb -kori, professional malakasi, bilim va ko’nikmalari ko’zgudagidek aks etadi. (masalan, montѐr signalizasiyani o’chirib qo’yishga, slesar seyfni buzishga usta) Voyea joyini ko’zdan kechirish jarayonida o’tkaziladigan psixologik tahlil sodir etilgan jinoyat motivi xususida xulosa chiqarish imkonini tug’diradi. Jinoyat xarakter chizgilari –ochko’zlik, shafqatsizlik; irodaviy xususiyatlar – jangarilik, qo’rqoqlik kabilar aks etishi mumkin.Voqea joyidagi tafsilotlar ba’zan subyekt tomonidan jinoyat sodir etilayotgan paytdagi uning ayrim psixologik hissiy - emosional holatini ham aks ettira oladi.
Dastlabki tergov - tergovchi topgan izlar buyicha sodir etilgan jinoyatni qayta tiklashdan iborat bulib, u muayyan maksadni ko`zlaydigan jarayon. Dastlabki tergovda idrok etish jarayoni, kelib tushayotgan ma’lumotlarning mazmun - mundarijasi tergovchi istagiga tug`ri kelmasligi, bitta tizimga mos tushavermasligi mumkin. Ma’lumotlar xajmi, ularni qidirib topish vaqti ko`p jixatdan idrok etilayotgan shart-sharoitlarga bog`liqdir.Dastlabki tergov umuman olganda fakat nazariyidrok jarayoni bulmay, avvalo amaliy faoliyatdir. Qonunchilikda tergov x,arakatlarining ayrimlari belgilanibgina qolmasdan, tergovning boshdan-oyoq, tartibi tasdikdab kuyilgan.Tergov faoliyati zimmasidagi vazifalarning turli-tumanligi jixatidan o`ziga xos bulib, ularni hal etish har xil fazilatlar, ko`nikmalar, bilimlarni taqozo etadi. Medisina va pedagogika, tovarshunoslik va buxgalteriya, transport va psixologiya kabi xilma- xil sohalarga oid maxsus bilimlar tergov xdrakatlari muvaffaqqiyatini ta’minlaydi.Tergovchi taktikaga oid usullarni, shu jumladan psixologik reagentlarni qullashga doir usullardan foydalanishi mumkin. Psixologik reagentlar ulardan foydalanishning asl maqsadiga ko`ra muayyan tarzda tizimlashtiriladi (misol uchun tergovchining «bexoslik» omilini ishga solishi gumonlanayotgan shaxsda xuddi uning sherigi fosh etilganday taassurot tugdirishi mumkin). Ayblanuvchining har bir ko`rgazmasini dikdat bilan tekshirib ko`rish, o`z faoliyatini qonun va axlok, normalari doirasida yuritish tergovchiga kuyiladigan asosiy talablardandir.Tergovchi tergov boshlanishida qariyb hech qanday zarur ma’lumotlarga ega bulmagani tufayli, muayyan darajada chalkash vaziyatlarda qaror qabul kilishiga tug`ri keladi. Ish mobaynida tergovchining tafakkuri faqat uz faoliyatini aks ettirib va yunaltiribgina qolmay, ishning barcha ishtirokchilari va ishga daxldor shaxslarning akdiy (intellektual) faoliyati bilan qiyoslanib, muvofikdashtirib borilishi lozim. U o`zi va o`zgalar uchun fikr yuritishi, qaror va xatti- harakatlarni oldindan ko`ra olishi, ularni yunaltirib turishi hamda ana shu barcha omillardan kelib chiqib uz xulq-atvorini idora etishi zarur. Ushbu jarayonda manfaatlari turli-tuman, bir-biriga mos tushmaydigan, ba’zan butunlay qarama-qarshi bulgan shaxslar: tergovchi va ayblanuvchi, so`roq qiluvchi va so`roq berayotgan hamda hokazolar tuqnash keladilar.Tergov jarayonida turli-tuman manfaatlararo ziddiyatlar hamda ularning to`qnashuvi tergov taktikasiga extiyoj turdiradi. U psixologik jixatdan ma’lum darajada tergovchi va ishda ishtirok etayotganlar aql~idrok - iroda, xarakter, axloqiy tamoyillarining uzaro kurashi tarzida namoyon buladi.Tergovchi xilma-xil mutaxassisliklarda ishlovchi odamlardan ma’lumot olishiga to`g`ri keladi, kishilar ko`pincha jarayonlar, xolatlar, xususiyatlar xaqida shunday tushuncha va atamalarni qullaydilarki, ularni idrok etish ana shu ixtisosliklar bo`yicha muayyan bilimni talab etadi.Jamlanayotgan ma’lumotlar mantiqiy taxlilida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun tergovchi mantiqiy tafakkur qonuniyatlari va shakl-shamoyillarini yaxshi bilishi va ularga rioya qilishi, ma’lum faktlar asosida ma’lum otlarga yondashishi, u yoki bu xulosani chiqarayotib, dalil-isbotlarning tulaqonligini doimo nazorat qilib borishi zarur. Muayyan xulosaga kelishda xayolan jinoyat sodir etilish jarayonida uzini ayblanuvchi o`rniga qo`yib qurish, ayblanuvchining moddiy va ma’naviy manfaatdorligi nuqtai nazaridan fikr yuritish tergov uchun ayniqsa qimmatli natijalarni berishi mumkin.Tergovga kirishilgan ish buyicha bir nechta jinoiy ishlar ochish va zudlik bilan tergov xarakatlarini boshlash talab qilinadigan vaziyat tergovchi uchun psixologik jixatdan uta murakkab xisoblanadi. Jinoiy ishlar buyicha tergov xarakatlari xamda shaxslarni xibsda ushlab turish muddatlari tugagan vaziyatni eng qiyin deb xisoblash mumkin. Bunday vaziyatlarda turri qarorlar chiqarish bir qator fazilatlar va ko`nikmalar: ishlar buyicha samarali reja tuzish, xis-tuyrularni jilovlash, o`zgacha qilib aytganda xissiy barkarorlik, o`zini uyushtira bilish kabi sifatlarni talab etadi. Tergovchining belgilangan muddatda aybdor shaxslarni aniqlash uchun jinoyat ustida ish olib borayotgan guruxga bosh bulishi va tintuv o`tkazishda qanday texnikaviy va boshqa vositalarni olish kerak.Tintuvni qay paytda o`tkazmok, zarur?
U qancha muddatga chuzilishi mumkin?Tashkiliy nuqtai nazardan tintuv ko`p tabaqali faoliyat bulib, unda ishtirok etayotgan xodimlararo xarakatlarni muvofikdashtirib olish, umuman har tomonlama tayyorgarlik va ishlarni rejalashtirishni talab etadi. Shuning uchun tintuv qilinajak obyektning xamda tintuv tartibining loyixasini tuzib olish, unda xar bir mansabdor shaxsning vazifalarini belgilab kuyish, tergov bo`linmasi bilan aloqa yusinini ko`zda tutish, xolislar tanlashni avvaldan uylash kerak.Tashkiliy ishlar odatda tergovchi zimmasiga yuklanadi. U o`z xarakatlari va boshqa ishtirokchilarning xarakatlari anikdigi, bir-birini tuldirishi, uzluksizligi va samaradorligini ta’minlashi lozim. Jumladan, tergovchi tintuv vaqtini tayinlaydi, tergov xarakati ishtirokchilarini tanlaydi, zarur texnikaviy vositalarni tayyorlaydi. zarurat tugilganda mutaxassislarni jalb etadi, tintuv qilinajak joy egalarining shaxslarini o`rganishni uyushtiradi, tintuvning eng makbul taktikasini belgilaydi.Tintuv paytida ma’lumot olishning asosiy usullaridan biri kuzatish va uning natijalarini darxol taxdil qilish xisoblanadi. Ayniksa, tintuv qilinayotgan shaxs xulk-atvori juda ko`p narsalarni aytib berishi mumkin. Bunday kuzatishdan imkoni boricha tularoq va xaqqoniyrok natijaga erishish uchun bevosita tintuv vaziyatida tintuv qilinayotgan shaxs « xulq-atvorining psixologik qonuniyatlaridan xar tomonlama boxabar bo`lish zarur.Narsa va obyektlarni ko`zdan kechirish bilan birga uy xayvonlari va kushlarga e’tibor karatish xam muayyan natija berishi mumkin, ba’zan ularning bezovtalanishi yashiringan odam yoki narsalarningjoyini kursatib beradi. Uy hayvonlarnning ko`pchiligi murda yashiringan joy yaqinida turganlarida qattiq bezovtalanadilar, itlar begona odam bulsa, huriy boshlaydi va xokazo.Tintuv jarayonida supervayzer (muvofikdashtirib turuvchi kishi, mutaxassis)ning ishtiroki maqsadga muvofik bo`ladi, u izkuvarning kamchiligini tuzatishi, sezdirmay nimaga e’tibor berish zarurligini ko`rsatishi, misol uchun uning yoniga borib avvaldan kelishib olingan usulda zarur predmetga diqqatni jalb etishi (yashikni burishi, eshikchani ochishi va xokazo) mumkin.qidirish ishining bir xil maromi, diqqatni chalgituvchi omillar asta-sekin charchoqni kuchaytirib, diqdat-e’tiborning susayishiga sabab bo`ladi. Shuni va boshqa ayrim jixatlarni e’tiborga olib, tintuv qatnashchilarining tintuv xolatini uzgartirib turiщlari (misol uchun tergovchi gumondorning shaxsiy xatlarini kuzdan kechirishdan. predmetlar va mebel orasidagi maxfiy joylarni tintishga utishi mumkin) maqsadga muvofikdir. Tintuv utkazayotgan xodimlar jinoyatchilar turli yashirin joylarni xozirlayotganlarida bir qator psixologik omillarni xam e’tiborga olishlarini nazardan soqit qilmasliklari kerak:
1) Charchoq va avtomatizm tufayli tekshiruvchilar diqqatining susayishini xisobga olish. Shuni xisobga olib, ma’lum bir xujjatni ko`pincha kitob javonining o`rtasidagi kitobning ichiga yashirib qo`yadilar;
2) jirkanishga umid borlash (predmetni gung orasiga yoki xojatxona tagiga kumib kuyadilar);
3) tergovchi tomonidan odamgarchilik va boshqa insoniy tuyg`ularning namoyon qilinishini xisobga olish (daliliy ashyo bulishi mumkin bo`lgan narsani olib bemor yotgan to`shak ostiga, chaqaloqning karavotchasiga, yaqin qarindoshlarning qabriga yashirish);
4) predmetni ataylab kuzga tashlanib turadigan joyga tashlab quyish;
5) ikkita bir xil yashirin tuynuk yasash (bunda jinoyatchilar bitta bush tuynuk topilganidan keyin, shunaka boshka tuynukni tergovchilar axtarib kurmaydilar, deb xisoblashadi);
6) tintuv paytida mojaro kuzrash va mojaro paytida kidirilayotgan narsani yashirishga ulgurishga urinish mumkin.
Yuqorida tilga olingan jami sharoitlar chuqur taxlil qilinganda tergovchi tintuv vazifasining birinchi bosqichini tug`ri hal kilgan, fikran tintuv qilinayotgan shaxsning xatti-xdrakatlarini bashorat qilish imkoniyatiga ega buladi.Tintuv o`tkazish uchun turli kerakli soha mutaxassislarini xam jalb etish kerak, ular xar bir narsaning mohiyatini, qullanish sohasini, undagi nuqsonlarni, o`ziga xos alomatlarini ilgab olishga qodirdirlar.Tintuv o`tkazish uchun xonalarni xonadon egasi foydalaniladigan chiroq nuridan ortiqroq darajada yoritish, tevarak-atrofni yaxshiroq idrok qilish sharoitini yaratish maksadga muvofikdir. Bu tintuv qilinayotgan shaxs oddiy yorug`likda ko`rmay, payqamay qolgan, yo`qotishga ulgurmagan belgi va izlarni topib olish imkonini yaratadi.Ko`pchilik paytlarda tintuv kaltis vaziyatlarda - asabiy taranglik, murakkab psixologik muhit, nafrat, qahr-razab kuzg`alib, xaqoratlashga urinish hollari kuchaygan vaktlarda utadi. Tintuv jarayonida mojaroli vaziyat tutiladigan bo`lsa ta’sir ko`rsatish metodlaridan biri - buyruqqa bo`ysundirish ham qullanishi mumkin. Bu usha zaxoti tintuv qilinayotganning xulqi ozg`arishiga, organizmning asab- gumoral regulyasiya jarayoni uzgarishiga olib keladi.Tergovchining ikkinchi muhim vazifasi — tintuv jarayonida tintuv o`tkazilayotgan shaxs bilan og`zaki muomala (kontakt) o`rnatishdan iborat. Tintuv paytida tintuv qilinayotgan shaxsni imkoni boricha suxbatga tortish, u yoki bu predmetlarning zarurati haqida savollar berish xam muxim ahamiyatga ega. Uning so`zlari ichki holatini, tergovchining ayrim xarakatlariga yoki so`z borayotgan narsaga munosabatini sezdirib qo`yadi. So`z oxangi, gapirish uslubi kishining haqiqiy kechinmalari, munosabati tutrisida nisbatan ko`proq ma’lumotlarni berishi mumkin.Tintuv qilinayotgan shaxsning turli xatti- xarakatlari: tintuv ishtirokchilari dikdatini ayrim joylar va predmetlardan chalgitishi, tintuvga xalaqit berishi va uni tuxtattirishga urinishi, ba’zi narsalarni olib kuyish yoki ularga kishilarni yaqinlashtirmaslikka intilishi, tintuvning besamaraligi, ayrim obyektlarning xhyech kanday ahamiyati yukdigiga ishontirishi gumonlanuvchiga nisbatan sezgirlik bilan munosabatda bulishni taqozo etadi.Tergovchi tintuv mobaynida axlokiy-etik me’yorlar doirasidan chetga chik,masligi, boshdan-oxirigacha xushmuomalalik bilan ish kurishi, qupollik, xaqorat, qurqitishga yul quymasligi zarur. Tergovchi uyi tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan nafrat, gazab, jirkanish xislarini yashira olishi, uzini tuta bilishi, aynik,sa xatti-xarakatlari bilan oilaning boiщa a’zolari izzat-nafsiga tegmasligi darkor. Tintuv paytida xujjatlarni, tintuv qilinayotgan shaxsning shaxsiy xayotiga oid guvohnomalarni, yozishmalar, suratlar, kundaliklarni ko`zdan kechirayotganda ayniqsa, tergovchilik odobiga rioya qilish talab qilinadi.Psixologik xarakterga ega bo`lgan muammolar tintuv boshidanoq paydo bulishi mumkin, shuning uchun ayblanuvchi yoki gumonlanuvchining uyiga kirishda shunday usulni qo`llash kerakki, qarshilik ko`rsatish, jinoyat qurollarini, qimmatbaho buyumlarni, muxim daliliy ashyolarni yashirish yoki yo`q kilishga imkon qolmasin. Misol uchun, eshik ostonasida atayin to`polon chiqarib, uni eshikni ochishga qiziqtirish,ayblanuvchining oldiga tanishi kelishidan foydalanish, oila a’zolari kun tartibini bilgan holda ulardan biri ishdan qaytishi mo`ljallab uyga kirib olish kabi usullar qo`l kelishi mumkin. Tintuv qilinadigan shaxs, uning oila a’zolari va yaqinlari, sheriklari, begona kishilar tintuv otkazilishi dan mutlaqo bexabar bulishliri kerak.Tintuv o`tkaz ilayotganda ayblanayotgan shaxsning ma’lumoti, madaniyati, kasbi, bilimlari, akd-idroki qobiliyatlarini e’tiborga olish muhimdir, bu daliliy ashyolarni yashirish joyi va usulini chamalab olishda katta yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, qurolni olib kuyish maqsadida utkaziladigan tintuvda tintuv o`tkazayotgan kishilar xamda shu yerdagi boshqa odamlarning xavfsizligini ta’minlash eng asosiy shartlardan biridir, shuning uchun tergov xarakati boshlanishi bilan shaxsiy tintuv o`tkazilmori talab qilinadi. Ayblanuvchi va oila a’zolaridak jinoiy ishda ahamiyat kasb etishi mumkin bulgan narsa va xujjatlarni topish maqsadida ularni boshdan-oyoq tintib tintuv jarayonining oxirida o`tkazgan ma’qul.Tintuv mobaynida ayblanuvchini fosh etadigan predmetlarning topilishi uni ogiir psixologik axvolga solib quyadi, ko`pgina psixologik jarayonlarni izdan chiqarib, sodir etilgan jinoyatga daxleizligini tasdikdashga urinishdan iborat irodaviy xarakatlarini sustlashtiradi. Ana shuni xisobga olgan xolda tintuv payti topilmagan ma’lumotlarni yangi xolatlar bilan mustaxdamlab olish maqsadida tintuvdan keyin darxol so`roq va yuzlashtirishni o`tkazmoq katta samara beradi.Tintuv joyida kat’iy intizom o`rnatilishi, asosiy ishdan dikdatni chalrigguvchi ortikcha gap-suzlarga yul quyilishi, bekordan-bekorga xonama-xona yurish takikdanishi zarur.Tintuv va xibega olish bir k,ator farkdariga qaramay psixologik nuqtai nazardan o`xshash jihatlarga ega.Ularning o`xshashliklaridan biri shundaki, har ikkala holda ham gumonlanuvchining shaxsi o`rganiladi, hibsga olish ehtimoli ko`zda tutilgan sharoit taxlil qilinadi. Ushbu ma’lumotlar hibsga olish vaqti, joyi va usulini hal etish uchun zarur. Shuni unutmaslik kerakki, garchi gumonlanuvchi har tomonlama ijobiy xislatlar bilan ta’riflangan bo`lsa-da, ko`pchilik, shu jumladan qurolli qarshilik kuo`rsatishi ehtimolini nazardan soqit qilib bo`lmaydi. hibsga olish chog`ida unda qatnashayotgan har bir xodimning shaxsiy xavfsizligiga oid choralar ana shu zaruratdan kelib chiqib ta’minlanishi zarur.hibsga olish chog`ida qarshilikka duch kelish extimoli ayniksa, jamiyatga, xuquq-tartibot xodimlariga nisbatan dushmanlik kayfiyati zohir bulgan rosidivistlar (takror jinoyat sodir etuvchi xavfli jinoyatchilar), azabnok, tajovuzkor, zuravonlikka moyil, psixologik nomutanosib, o`ta xudbin shaxslarni qulga olayotganda ko`proq uchraydi.Ruxiy zo`riqish (stress) holatlarida gumonlanuvchini hibsga olish muayyan darajada uning xissiy-irodaviy xususiyatlari e’tiborga olingach, rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Gumonlanuvchining tajovuzkorligi, uzini qulga ololmasligi, tap tortmasligi, jazavaga tushiishi, affektiv tutaqishlarga moyilligi kabi xolatlar uning qarshilik ko`rsatish extimolini kuchaytiradi.Jinoyatchi barcha imkoniyatidan maxrumligi, atrofdagilarga ziyon yetkaza olmaydigan vaziyatdaligi aniq bo`lsa, u qurquv, umidsizlik, nafrat, alkogol yoki narkotik modda ta’sirida o`zini idora eta olmaydigan ahvolda xisoblansa xibsga olishga shoshilmaslik kerak. Jinoyatchi xushini yig`ib olishiga imkoniyat tug`dirgan afzalroq.Jinoyatchini taslim bo`lishga ko`ndirish psixologik vosita ta’sirining samarali natijasidir. Biroq bunday xollarda faqat jinoyatchi shaxsiyatiga xos psixologik xususiyatlarini puxta bilish va ulardan oqilona foydalanishgina muzokara chog`ida biron-bir natija keltirish mumkin. Bunday muzokaraga uning ko`ngliga yakin, u xurmat qiladigan, fikrlari bilan xisoblashadigan kishilarni: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, dustlarini taklif qilish maqsadga muvofikdir.

Nazorat savollari.


1. Tintuv paytida gumonlanuvchidan boshqa yana kim bo’lishi mumkin?
2. Tintuv qilinajak obyektning tabiiy va sun’iy ѐritilishi qanday?
3. Tintuvni kim o’tkazadi? Ular qanday texnika vositalarini olishlari
kerak?
4. Tintuvni qay paytda o’tkazish muhim?
5. Tintuv paytida tintuv bo’linmasi bilan qanday aloqa qilish
mumkin?

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Arifxodjaeva I. Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2008 yil. 432 bet.
2.Vasilbev B.JI. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik dlya vuzov. «Piter» Sankt-Peterburg. 2014. 656 str.
3.Umarov Bahriddin.Umarali Qodirov. Huquqshunoslik faolyati psixologiyasi.


Yüklə 393,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin