1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida


Innovatsion ta’lim konsepsiyasi quyidagi gʻoyalardan iborat



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
1-maruza

Innovatsion ta’lim konsepsiyasi quyidagi gʻoyalardan iborat:

- Ragʻbatlar va dispozitsiyalar asosida ikkala subyekt tomonidan kasbiy faoliyatni ongli ravishda tahlil qilish;

- Me’yor va standartlarga tanqidiy munosabat;

- Ma’nolar tizimini tuzish va uni tansiflash;

- Kasbiy madaniyat, muhit va yangiliklarga ochiqlik;

- Har qanday faoliyatga ijodiy yondoshish; me’yorlardan chetga chiqish, tashabbuskorlik;

- Ikkala subyektning oʻz-oʻzini realizatsiya qilishiga intilishi;

- Ta’lim mazmuni elementlarini takomillashtirish.

Didaktika (yunoncha didaktikos – “oʻrgatuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, oʻqituvchi va oʻqituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yoʻllari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.

Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini oʻrganadi.

Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qoʻshadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi oʻrin tutuvchi gʻoyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.

Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (oʻqitish, oʻqish), bilim, koʻnikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.

Hozirgi kunda pedagogikani (mutaxasissislikdan qat’iy nazar) hamma bilish lozim boʻlgan fan deb hisoblash lozim, chunki insonlar hayot faoliyatlari davrida ta’lim-tarbiya ishlari bilan ma’lum darajada shugʻullanishga majburdirlar.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta boʻldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. XVIII asrga kelib Oʻrta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. Asrimizning boshlarida vatandoshlarimizdan Behbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Fitrat, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifatparvar jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usul maktablari tuzishda, darsliklar yaratishda, xalq oʻrtasida ma’rifatni targʻib etishda jonkuyarlik qildilar.

Hozirgi davrda pedagogikaning vazifasi milliy istiqlol gʻoyalaridan kelib chiqadigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlarini ishlab chiqish, milliy ta’lim tizimini yaratish va yosh avlodni bilim, ma’naviy madaniyatini jahon andozalari darajasiga yetkazishdir.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin