1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari


Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə41/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   447
Yangi majmua(1)

Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.

Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi»2.

Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy mezoni deya ta’rif beriladi. Alisher Navoiyning talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida ularga beriladigan minnatsiz yordamdir. Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko’rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta’rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: «Saxiylik (qo’li ochiqlik) kishilik bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqin daryosining asl gavharidir. YAxshilik, karam – bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko’tarmoq va uni o’sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og’irligini ko’tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o’sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og’ziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik»19. «Muruvvat karamning urug’-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo’lsa izzat va hurmatga sazovor bo’ladi» kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga ta’rif beriladi. Alisher Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni esa egizak farzandlardir deya ta’kidlaydi.

Biroq alloma har qanday ko’rinishdagi ehsonni ham saxiylik deb tushunmaydi. Saxovat ko’rsatyapman deb isrofgarchilikka yo’l qo’yishni, ko’rsatgan yordamini ta’kidlab ko’rsatish va minnat qilish holatini qoralaydi. Alisher Navoiy saxovat va himmat kabi sifatlarga ta’rif berar ekan, ularning ma’nosini keng doirada ochib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. SHu bois ularni ijtimoiy munosabatlar darajasida yoritadi. YA’ni, ularni, eng avvalo, axloqiy-didaktik qoidalar hamda jamiyat ravnaqini ta’minlovchi vositalardan biri deb hisoblasa, ikkinchidan, ushbu xislatlarga ta’rif berish orqali yomon fazilatlarga ega odamlarni qoralaydi.

Mutafakkirning fikrlariga ko’ra, qanoat – sharaf va izzatning tantanasidir, molu davlatga ega, biroq ta’magir bo’lgan insonlarni xor va pastkash kishilar deya hisoblaydi.

Asar mazmunida Alisher Navoiy yoshlikning qadriga yetish, eng yaxshi xislatlarni o’zida tarkib toptirish, nafs istagidan o’zini tiyish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlarni ulug’laydi. Takabburlik, manmanlik, faqat o’z foydasini ko’zlab ish yuritish, hasad, g’iybat, yolg’onchilik, nodonlik, johillik, ikkiyuzlamachilik, ta’magirlik, shoshmashosharlik, bachkanalik, pala-partishlik, fisqi-fasod yuritish, yalqovlik, haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo’lish yo’llari borasida ham so’z yuritadi.

Alloma tomonidan yaratilgan quyidagi ruboiy yomon illatlarga ega inson boshiga turli falokatlar yog’ilishi mumkinligi to’g’risida ogoh etadi:

Uch fe’l kishiga erur qotil,

qotillik aro zahri halohil oxir.

Buxl angla birin, birin havo bir oxir,

qil ujbni ham alarga doxil oxir20.

Darhaqiqat, Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-axloqiy asarlarida ham o’zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi va komil insonga xos bo’lgan axloqiy fazilatlar sirasiga qanoat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to’g’rilik, hilm, tavoze’, adab va hokazo xislatlarni kiritadi. Mazkur xislatlar tarkib topgan inson o’zgalarga nisbatan yomonlik va razillik qilmasligi, shuningdek, barkamol insonlarning baõt-saodatga erishishlari va ular yashaydigan jamiyatning har jihatdan ravnaq topishi shubhasiz ekanligini ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy asarlarida tasvirlangan badiiy qahramonlar – Farhod, Qays va Iskandar obrazlarida jismoniy yetuklik hamda axloqiy kamolot o’z ifodasini topgandir. Insonning sog’lom, baquvvat va axloqli bo’lib yetishishi xususidagi o’gitlar allomaning didaktik-axloqiy mazmunidagi asarlarida markaziy o’rinni egallagan.

Alloma tomonidan yaratilgan aksariyat asarlarda yigit kishi yoshligidanoq o’zlashtirishi shart bo’lgan harbiy-jismoniy fazilatlar borasidagi fikrlar ilgari surilar ekan, yoshlarda mazkur fazilatlarni tarbiyalash yo’llari ko’rsatib beriladi. Alisher Navoiy ham boshqa mutafakkirlar singari har bir yigitning quyidagi fazilatlarni o’rganishi muhim ahamiyat kasb etishini aytib o’tadi: kamondan ota olish – merganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tusha olish. Mutafakkir asarlarida bosh obraz sifatida talqin etilgan qahramonlar o’zlarida ana shu xislatlarni tarkib toptirishga muvaffaq bo’la olgandirlar. Xususan, Farhod, Bahrom hamda Iskandarlar chavandoz, yengilmas bahodir va mohir mergan bo’lib yetishgandirlar. Ularning jismoniy kamolotga erishish jarayonlarini yoritishga xizmat qiluvchi lavhalar “Farhod va SHirin”, “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” kabi dostonlarda o’z ifodasini topgan. “Sab’ai sayyor” dostonida asar qahramoni Bahromning mohir mergan ekanligini ifodalovchi shunday lavha mavjud: Diloromning istagi bilan shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog’ida u kamondan o’q otib, bir kiyikning avval ikki oyog’ini juftlaydi, keyin esa ikkinchi o’q bilan kiyikni bo’g’ziga o’q otib, bo’g’izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahromning naqadar usta mergan ekanligidan dalolat beradi.

Bizga yaxshi ma’lumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy mahoratni puxta o’zlashtirishiga alohida e’tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish, qilichbozlik, shuningdek, kurash tusha olish sirlari yosh, o’ktam yigitlarga bu borada chuqur bilim hamda katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan murabbiylar tomonidan o’rgatilgan. YUqorida qayd etilgan fazilatlarni o’zida namoyon eta olgan yigitlarda mardlik, jasurlik va qahramonlik kabi xislatlar qaror topgan. Mavjud an’anaga muvofiq Alisher Navoiy ham o’zining badiiy hamda ta’limiy-axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega ekanligini ta’kidlab o’tadi.

Alisher Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi. SHu bois alloma turli fanlar yo’nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq o’rtasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo’lgan olimu fozillarni yig’ib, ularning yordami bilan ilm-fanning rivojini ta’minlashga e’tiborni qaratadi Ana shu maqsad yo’lida Samarqandda o’zining shaxsiy mablag’i evaziga “Ixlosiya” madrasasini barpo etadi hamda uning yonida maktab ochadi. Madrasa va maktab faoliyatini shaxsiy mablag’i hisobiga yo’lga qo’yadi. Madrasada o’ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qat’iy rioya qilish talab etilgan. SHuningdek, talabaning ilm-fan sirlarini mustaqil ravishda yoki yetuk ilm sohiblarining ta’limi asosida o’zlashtirishlariga ijozat berilgan.

Alisher Navoiy o’z asarlarida ilm-fan asoslarini puxta o’zlashtirgan kishilarni ulardan amaliy faoliyatda samarali foydalanishga undaydi. Xususan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o’qib uni ishlatmagan kishi urug’ sochib hosilidan bahra olmagan kishiga qiyoslanishini aytib o’tadi.

Alloma tomonidan yaratilgan asarlarda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishning uslub, vosita va usullari yuzasidan ham so’z yuritiladi. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o’qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan munosabatda bo’lish chog’ida ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo’l qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o’rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o’qituvchining, ayniqsa, talabchan bo’lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishiga muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o’rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o’rinda quyidagilarni bayon etadi: “g’obiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, bunga tarbiyatingni nobud qilma”1.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin