1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə51/447
tarix31.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#112236
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   447
Yangi majmua(1)

Davoniy qo’rqoqlikni shijoatkorlikka qarama-qarshi qo’yadi. Ba’zi qiyinchiliklardan qochgan, yengil hayot kechirish yo’lini o’ylaydigan kishilarni olim qo’rqoq va yuraksiz kishilar, deb aytadi.

Demak, Davoniy davlat hamda jamiyatga foyda keltiruvchi kishilarni haqiqiy shijoatli kishilar deb biladi. Olim sabot-matonatni shijoatning tarkibiy qismiga kiritadi. U ibn Sino fikriga yanada chuqurroq yondoshib, har qanday ehtiyoj, har qanday faoliyatni shijoatga qo’shmaydi. Davlat manfaatlariga bo’ysunadigan, kishilik jamiyatiga xizmat qiladigan inson faoliyatini shijoat deb ataydi.

SHarq mutafakkirlari adolat tushunchasiga alohida fazilat sifatida qaraganlaridek, Davoniy qarashlarida ham adolat tushunchasi asosiy o’rinni egallaydi.

Olim adolat fazilatini 42 ga bo’ladi. Bulardan eng muhimlari vafo, do’stlik, sadoqat, mehr-shafqat, o’zaro hurmat... kabilardir, deydi. Davoniy sadoqatni sodiq kishilar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlaydigan xislat sifatida qarab, odam o’ziga nimani istasa, do’stiga ham shuni ravo ko’rishi va shu tarzda harakat qilishi lozim, deb hisoblaydi. Demak, Davoniy adolatli kishilar o’rtasidagi haqiqiy do’stlikni insonparvarlik, o’zaro hurmat bilan bog’liq holda tasavvur etadi.

Vafo tushunchasini Davoniy faqat va’daga vafogina emas, balki o’zaro yordam qoidalariga amal qilish ma’nosida tahlil etdi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   447




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin