1. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə2/2
tarix24.11.2022
ölçüsü27,51 Kb.
#119865
1   2
O‘RQ-130 17.12.2007

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 164-modda) 7-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Davlat budjetining kassa ijrosi;
Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish;
budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va hisobotni tuzish;
O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 18-dekabrdagi 249 (4402)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
O‘RQ-130-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 509-modda)

Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin