1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi
tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan 
kimyoviy moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi jarayonlarida aks 
etadi. Masalan, fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi uglevodgacha 
qaytarilsa, nafas olish jarayonida esa uglevodlar karbonat angidrid va 
suvgacha oksidlanadi. Xemosintezlovchi temir bakteriyalari faoliyatida temir 
atomining oksidlanish darajasi o‘zgaradi. Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi 
tirik moddaga xos muhit yaratish funksiyasining bir ko‘rinishidir.
Transport funksiyasi
moddalarning og‘irlik kuchiga qarshi va gorizontal 
yo‘nalishda bir joydan boshqa joyga ko‘chishidir. Ma’lumki, sayyoramizda 
moddalarning harakatini Yerning tortish kuchi belgilaydi. Anorganik moddalar 
qiyalik bo‘ylab o‘z-o‘zidan yuqoridan pastga harakatlanadi. Daryolar, 
muzliklar, qor ko‘chkilari shunday harakatlanadi. Tirik modda esa pastdan 
yuqoriga, okeanlardan quruqlik tomonga harakatlana oladi. Faol harakat 
tufayli tirik organizmlar ishtirokida turli moddalarning va atomlarning 
migratsiyasi sodir bo‘ladi. Tirik modda yordamida kimyoviy moddalarning 
migratsiyasini V.I. Vernadskiy atomlarning biogen migratsiyasi deb atagan.
Shunday qilib, tirik modda biosferadagi barcha jarayonlarda ishtirok 
etadi, muhitni tubdan o‘zgartira oladi. 
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
tirik moddaning funk-
siyalari: energetik, gaz almashinuv, konsentratsiyalash, oksidlanish-qayta rilish, 
muhit yaratish, destruktiv, transport.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biosferada tirik moddaning xususiyatlarini tushuntiring.
2. Tirik moddalarning biosferadagi funksiyalarini aytib bering. 
3. Tirik moddaning energetik funksiyasi biosferadagi qanday jarayonlarda 
namoyon bo‘ladi?
4. Tirik moddaning konsentratsiyalash funksiyasiga misollar keltiring.
5. Tirik moddaning destruktiv va muhit hosil qilish funksiyalari mohiyati nimada?


146

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin