1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


(yunoncha «endon» –  ichki, «biontos» – yashovchi) deyiladi (8-rasm).  8-rasm



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

 
(yunoncha «endon» – 
ichki, «biontos» – yashovchi) deyiladi (8-rasm). 
8-rasm. 
Keng tasmasimon chuvalchangning hayot sikli: 1 – voyaga yetgan chuvalchang
2 – yetilgan tana bo‘g‘ini; 3 – tuxumi; 4 – birinchi tartib lichinka; 4(a) – bi rinchi tartib 
oraliq xo‘jayin (siklop); 5 – ikkinchi tartib lichinka; 5(a) – ikkinchi tartib oraliq xo‘jayin 
(mayda baliq); 6 – uchinchi tartib lichinka; 6(a) – uchinchi tartib oraliq xo‘jayin (yirtqich 
baliq); 7 – asosiy xo‘jayin (odam, yirtqich hayvonlar).


36
Tirik organizmlar tanasida yashash muhiti sifatida undan foydalanuvchilar 
uchun yetarli suv va oziq, doimiy qulay harorat, fizik-kimyoviy ko‘rsat kich-
lar kabi bir qancha qulayliklar bor. Lekin shu bilan birga parazit va simbiont 
organizmlar bir qator: yashash maydonining torligi, tarqalish imkoniyatlarining 
cheklanganligi va murakkabligi, xo‘jayin organizmning immun sistemasi 
tomonidan himoya reaksiyalari ta’siri kabi qiyinchiliklarga ham duch keladi. 
Tirik organizmlar tanasida yashashga moslanishlar.
Bir organizmning 
(parazit) boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashashi 
parazitlik
deb yuritiladi. 
Xo‘jayin organizm bilan o‘zaro munosabatiga ko‘ra parazitlikning ikki turi 
farqlanadi: 
ektoparazitlar
xo‘jayin organizm tanasining tashqi qismlarida 
yashaydi (bit, burga, kana, to‘shak qandalasi); endoparazitlar xo‘jayin 
organizmning tana bo‘shlig‘ida, ichki organ va to‘qimalarida, hujayralarida 
yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida, qilbosh chuvalchang, tasmasimon 
chuvalchanglar). Endoparazitlarda xo‘jayin organizmda yashash uchun bir 
qancha: jumladan, tana o‘lchamining kichikligi, tana tuzilishining soddalashuvi, 
himoya vositasiga ega tana qoplami, naslining ko‘pligi, hayot siklida xo‘jayin 
organizmning boshqasi bilan almashinishi va hokazo moslanishlar yuzaga 
kelgan. 
Xo‘jayin organizm tanasida yashash uchun muhit qulay va optimal bo‘lgani 
sababli parazitlar murakkab tana tuzilishiga va moslanish mexanizmlariga ega 
emas. Shuning uchun ularning tana tuzilishi soddalashgan, ba’zi organlari 
reduksiyaga uchragan. Masalan, parazit chuvalchanglarda harakat organlari 
bo‘lmaydi. Ko‘pchilik vakillarida xo‘jayin tanasida mahkam o‘rnashib olish 
uchun yopishuv a’zolari (ilmoqlar, so‘rg‘ichlar) mavjud. 
Tirik organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasida uchraydigan parazitlar 
oson o‘zlashtiriladigan oziq bilan oziqlanishi natijasida parazitlarning hazm 
qilish sistemasi soddalashgan. Jigar qurtida hazm qilish organlari sistemasi 
soddalashgan bo‘lsa, qoramol tasmasimon chuvalchangida butunlay yo‘qol-
gan. Kislorodsiz muhitda yashash anaerob nafas olishga o‘tishga sabab 
bo‘ldi. Parazitlarda energiya sarfi kamligi va o‘zlashtiriladigan oziqning 
ko‘pligi sababli nafas olishning ushbu usuli o‘zini oqlaydi. 
Tashqi muhit omillarining bevosita ta’siri ostida erkin hayot kechiruvchi 
organizmlardan farq qilib, parazitlar tashqi muhit bilan bevosita munosabatda 
bo‘lmaydi. Bu esa nerv sistemasining va sezgi organlarining soddalashuviga 
sabab bo‘lgan. O‘zini dushmanlardan himoya qilishga qaratilgan moslanishlar-
ga ham ehtiyoj yo‘q. 


37
Organizmning hazm yo‘llarida yashaydigan parazitlar xo‘jayin organizm 
tomonidan ishlab chiqariladigan hazm fermentlari ta’siri ostida bo‘ladi. 
Shuning uchun ularda hazm fermentlari ta’siridan himoya qiladigan maxsus 
tana qoplami paydo bo‘lgan. Parazit organizmlarning yashash maydoni 
cheklanganligi, tarqalish va rivojlanish siklining murakkabligiga qaramasdan 
jinsiy sistemasining kuchli rivojlanganligi, serpushtligi ularning yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkonini beradi.
Parazit organizmlar hayot siklida asosiy va oraliq xo‘jayin almashinadi. Bu 
hodisa bir xo‘jayin organizmida parazitlar sonining haddan tashqari ko‘payib 
ketishi va xo‘jayin organizmning nobud bo‘lishiga imkon bermaydi. Parazit 
o‘simliklarning xo‘jayin o‘simlik shirasi bilan oziqlanishi natijasida ulardagi 
fotosintez jarayoni mexanizmi va xlorofill pigmentlarining yo‘qolishiga olib 
keladi. Shuningdek, parazit o‘simliklarda ildiz, barg kabi vegetativ organlar 
tuzilishi soddalashgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin