1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Poykiloterm
organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, 
«therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda 
o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda 
hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana 
haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, 
bu organizmlarda boradigan fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi
nafas olish, qon aylanish tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish, 
rivojlanish va ko‘payish sur’ati ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda 
moddalar almashinuvining sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi, 
uyquga ketishi, ba’zi hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi.
Gomoyoterm
organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir 
xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan 
organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi. 
O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar.
O‘simliklarning 
hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq. Issiqlikka 
bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar 
o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Issiqsevar o‘simliklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda 
mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi. 
Sovuqqa chidamli o‘simliklar 
Y
er sharining sovuq va mo‘tadil iqlim 
mintaqalarida tarqalgan. 
Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy
fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan. 
Biokimyoviy moslanishlar.
Yuqori harorat ta’sirida issiqsevar o‘simliklar 
hujayralari sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz) 
konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga to‘sqinlik 
qiladi, zaharli toksinlarni neytrallaydi. Sovuqqa chidamli o‘simliklar 


55
hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi hisobiga shakar 
miqdori ortadi, bu esa o‘simliklarni muzlashdan himoya qiladi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin