1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə36/50
tarix06.12.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#120567
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

Masofaviy ta’lim – yangi axborot texnologiyalari va mul’timedia tizimlari negizida kunduzgi, kunduzgi-sirtqi, sirtqi va kechki ta’lim elementlarini birlashtiruvchi o’ziga xos o’qitish shaklidir. Zamonaviy aloqa vositalari va elektron nashriyotlar an’anaviy o’qitish shakllari kamchiliklarini (yutuqlarini saqlab qolgan holda) bartaraf etish imkonini beradi.
Masofaviy ta’lim – o’quv axborotlarini masofadan almashish vositalariga (sputnikli televideniye, radio, kompyuter aloqasi va boshqalar) asoslangan maxsus axborot muhiti orqali mamlakatda va chet ellarda keng xalq ommasiga taqdim etiladigan bilim berish xizmati kompleksi. Masofaviy ta’limning axborot-ta’lim muhiti foydalanuvchi bilim darajasini qoniqtirishga yo’naltirilgan axborot manbalari, ma’lumotlarni uzatish, o’zaro aloqa protokollari, apparat-dasturiy va uslubiy-tashkiliy ta’minot vositalari mosligini ifodalaydi. Masofaviy ta’lim insonning axborot va ma’lumot olish huquqini amalga oshirishga qaratilgan uzluksiz ta’lim shakllaridan biri hisoblanadi.
Masofaviy talim – talabaning mustaqil o’qishiga asoslangan, yangi ta’lim berish jarayoni. O’qitish muhiti asosan o’quvchining o’qituvchidan masofaviy va (yoki) vaqt bo’yicha ajratilganligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular ixtiyoriy vaqtda telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniyatiga ega.
91. Masofadan o’qitishning muhim jihatlari

Masofadan o‘qitishning muhim jihatlari


Masofadan o’qitish boshqa o’qitish shakllari kabi o’z xususiyatlariga ega. Bunday xususiyatlardan quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
Moslashuvchanlik. O’rganayotganlar, asosan, ma’ruza, seminar ko’rinishidagi mashg’ulotlarda qatnashmaydilar. Har kim tanlangan mutaxassisligiga oid fan, kursni o’zlashtirish bo’yicha aynan unga zarur bo’lgan bilimlarni olgunga qadar o’qishi mumkin.
Modullilik. Masofadan o’qitish dasturi asosiga modullilik printsipi qo’yilgan. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan har bir alohida fan yoki fanlar biror fan sohasi bo’yicha yaxlit bir tasavvurni shakllantiradi. Bu mustaqil o’quv kurslari to’plamidan individual yoki guruh talablariga javob beruvchi o’quv rejasini shakllantirish imkonini beradi.
Parallellik. O’qitish asosiy faoliyatidan ajralmagan holda olib borilishi mumkin, ya’ni «ishlab chiqarishdan ajralmagan holda».
Masofaviylik. Samarali bilim olish jarayoni uchun o’rganuvchining joylashgan joyidan ta’lim muassasasigacha bo’lgan masofa to’siq bo’lmaydi (aloqaning sifatli ishlashi shartida).
Asinxronlik. Asinxronlik deyilganda, o’qish jarayonida o’qituvchi va o’quvchi vaqtga bog’liq bo’lmagan holda o’qitish va o’qish texnologiyasini amalga oshirishi mumkinligi, ya’ni har biriga qulay bo’lgan jadval va tezlik tushuniladi.
Egallovchanlik. Bu ayrim hollarda «ommaviylik» deb ham ataladi. Masofaviy ta’lim tizimida o’quvchilar soni kritik parametr hisoblanmaydi. Ular ko’plab o’quv axborot manbalariga (elektron kutubxonalar, berilganlar bazalari) kirishi hamda bir biri va o’qituvchi bilan aloqa tarmog’i orqali yoki boshqa bog’lanish vositalari yordamida muloqot qilishlari mumkin.
Rentabellik. Bu jihatda masofaviy ta’limning iqtisodiy samaradorligi tushuniladi. Chet el va Rossiya masofaviy ta’lim tizimlari shuni ko’rsatadiki, ular asosan mavjud o’quv maydonlari va axborot texnologiyalari texnik vositalaridan samarali foydalanish hisobiga taxminan 10-50 % ga arzon hamda yuqori darajada tartiblangan o’quv materiallarini taqdim etishga, katta hajmli (ko’p sonli) o’quvchilarga yo’naltirilgan masofaviy ta’lim texnologiyalarini tadbiq etishga yo’naltirilgan.
O‘qituvchi. Bunda (tanishuv jarayonini koordinatsiyalash, o’qitilayotgan kursni tahrirlash, maslahat berish, o’quv loyihalariga rahbarlik va boshqa vazifalar) o’qituvchining yangi vazifasi haqida so’z
yuritiladi (masofaviy ta’limda – tyutor). O’rganuvchi bilan o’zaro aloqa asosan asinxron, pochta yoki aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari o’zaro uchrashuvlar (yuzma- yuz) ham uyushtirilishi mumkin.
Ta’lim oluvchi. Aniqrog’i, ta’lim oluvchining yangi vazifasi, masofaviy ta’lim tizimida tinglovchi deb qaraladi. Masofaviy ta’limga kirish uchun mehnatsevarlik, o’z-o’zini tashkillashtirish va ma’lum bir boshlang’ich bilim darajasi talab qilinadi.
Yangi axborot texnologiyalari. Masofaviy ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari (kompyuterlar, audio-, videotexnika, telekommu- nikatsiya tizimi va vositalari va h.k.) qo’llaniladi.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin