1-Variant O‘zbekiston tarixi” fan sifatida, uning predmeti, maqsadi va axamiyati


Davlatning kelib chiqishi va shunga doir nazariyalar



Yüklə 48,96 Kb.
səhifə8/10
tarix30.05.2022
ölçüsü48,96 Kb.
#116425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Варианты 1,4,6

^ Davlatning kelib chiqishi va shunga doir nazariyalar. Davlat birdaniga yuzaga kelmadi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar o`rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo bo`ldi. Insoniyat davlat paydo bo`lguniga qadar o`z taraqqiyotida uzoq yo`lni bosib o`tgan. Davlat ham, huquq ham bo`lmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va sivilizatsiya kabi uch bosqichni o`tgan. Davlat hali urug`chilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman o`zgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil bo`lgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashg`uloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat bo`lgan maxsus guruhlar vujudga kelgan . Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urug` va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli bo`lgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo bo`lgunicha mavjud bo`lgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obro`si bo`lsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei o`zgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo bo`lishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U o`zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo`lni bosib o`tgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila bo`lgan.

Davlatning kelib chiqishi to`g`risida quyidagicha nazariyalar mavjud:

1) Teologik nazariya – davlatni xudo yaratgan degan g`oyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradi.

2) Patriarxal nazariya – davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo bo`lgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filьmerning “Patriarx” asarida rivojlantirilgan.

3) Shartnoma nazariyasi – XYII- XYIII asrlarda tarqalgan bo`lib, unga ko`ra davlat-o`zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bo`lib, ana shu shartnoma asosida ular o`zlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar. Nazariyani Grotsiy, Spinoza, Lokk, Gobbs, Russo, Radishshev rivojlantirgan.

4) Zo`rlik nazariyasi – davlatning kelib chiqishi zo`rlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari – Gumplovish, Kautskiy.

5) Irrigatsiya nazariyasi – Qadimgi Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari qurilishi jarayonida davlat paydo bo`lgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning “Sharq istibdodi” asarida bayon etilgan.

6) Sinfiylik nazariyasi – davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari – K.Marks, F.Engelьs, V.I.Lenin.




Yüklə 48,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin