10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi


asosiy bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani bevosita yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi; yakunlovchi



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə14/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,15 Kb.
#140763
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
10-Mavzu Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi-fayllar.org

asosiy bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani bevosita yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi;


  • yakunlovchi bosqichda elektron o‘quv qo‘llanmani testdan o‘tkazish va maqomiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o‘quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo‘shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o‘rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.

    Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o‘ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.


    Multimediali elektron o‘quv qo‘llanmani yaratishda giperment, giperko‘rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o‘zaro bog‘lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
    Multimediali elektron – o‘quv qo‘llanma quyidagi afzalliklarga ega:
    • multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o‘quvchilarga berilayotgan o‘quv materialini chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish, dars mavzusi bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi;


    • multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg‘unligi mavzuni o‘rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo‘yadi;


    • o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o‘rnatilishi natijasida o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi;


    • multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmada o‘qish darajasi va sur’atini o‘rganuvchining o‘zi tanlash imkoniyati o‘qitishni individuallashtirish imkonini beradi;


    • multimediali elektron – o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar o‘quvchini o‘z – o‘zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;


    olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o‘quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo‘llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo‘ladi.


    Elektron kitoblar to‘rtta yo‘nalishdan iborat bo‘ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o‘qituvchi; imtihon oluvchi.
    Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo‘lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘ladi.

    Yüklə 82,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin