10-Mavzu: Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə7/17
tarix14.12.2023
ölçüsü82,15 Kb.
#140763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
10-Mavzu Elektron pedagogika asoslari Mavzu rejasi-fayllar.org

10.7. Masofaviy ta’lim.
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini ko’rsatish istiqbolli, zamonaviy o’quv tizimlari uchun qo’yiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o’qitish va mustaqil o’qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir.
Masofaviy o’qitish – bu masofadan turib o’qitish, qaysiki o’quv mashg’ulotlarining barchasi yoki ko’p qismi telekommunikasion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi.
Masofaviy o’qitish, ayniqsa:
  • o’qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o’qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun;


  • turg’un sharoitda o’qish imkoniyatlariga ega bo’lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun;


  • o’qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda;


  • chet el o’quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun;


  • ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo’lishi mumkin.


Istiqbolli zamonaviy o’qitish tizimlari har bir shaxsning o’zi istagan ta’lim olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o’qitish aynan shunday o’qitish shakli bo’la oladi.


O’qitishning bu tizimi boshlang’ich rivojlanish bosqichidadir.
AQSH da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o’qitish tizimida o’qimokda. Bu tizimda televidenie imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Ispaniyada masofaviy o’qitish Milliy universiteti faoliyat ko’rsatmqkda. Bu yerda sirtqi oliy ta’lim olish hamda o’qituvchilarning malakasini oshirish mumkin.
Fransiyadagi masofaviy o’qitish Milliy Markazi 120 davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan.
Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo’lib, bu yerda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish mumkin.
Masofaviy o’qitish texnologiyasi bo’yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o’quv yurtida topshiriladi.
Masofaviy o’qitish YAponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda.
Masofaviy o’qitish fakat milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balki, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmoqda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar.

Yüklə 82,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin