14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik



Yüklə 348,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix06.01.2022
ölçüsü348,69 Kb.
#113703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 ma'ruza

 

Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik 

 

XV  asrdan  XVII  asrning  boshlarigacha  bo‘lgan  davr  G‘arbiy  Yevropada 

uyg‘onish  (renessans)  davri  deb  ataladi.  Bu  davrga  kelib,  arman,  fors,  o‘zbek, 

hungar,  yapon,  koreys,  ispan,  niderland,  fransuz,  ingliz,  rus,  ukrain,  portugal, 

nemis,  polyak,  chex,  auten,  meksika  tillari  rivojlana  boshlagan  edi.  XV-XVI 

asrlarda  Yevropaliklar  Shimoliy  Amerika,  Hindistondagi  qator  tillar,  chunonchi, 

indoneziya,  xitoy,  arab,  fors,  turk,  manchjur  tillari  bilan  tanishdilar.  Olingan 

ma‘lumotlar  asosida  fan  olamiga  ma‘lum  bo‘lgan  barcha  tillarning  kartotekalari 

tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.  

Bu  davrda  ham  antik  davr  adabiyotlarini,  lotin  va  grek  tillarini  o‘rganish  davom 

ettirildi.  Jyul  sezar  Skaliger  ―Lotin  tili  asarlari  haqida‖  (1540),  R.  Stefanus 

―Lotin  tili  xazinasi‖(1553),  G.  Stefanus  ―Grek  tili  xazinasi‖  asarlarini  yaratdi. 

Ayni  vaqtda  semit  tillari,  Yevropa  xalqlari  tillari  grammatikasiga  oid  asarlar 

yaratila boshlandi. Jumladan, Uollsning ―Ingliz tili grammatikasi (1653)‖, Eduard 

Rudolfning  ―Rossiyskaya  grammatika‖si  (1696)  dunyoga  keldi,  fransuz,  italyan 

tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning ―Tillarning 

qarindoshligi  haqida  (1593)‖  nomli  traktati  yozildi.  Yustus  Skaliger  (1540-1609) 

tillar  tasnifi  bilan  shug‘ullanib,  Yevropa  tillarini  11  ta  asosiy  tilga  ajratdi  va 

ulardan 4 tasini ―Til onalari‖ (materi-yazbiki) deb atadi.  

Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar dunyoga 

keldi.  Jumladan,  Pyotr  Simon  Pallasning  1786  -1791  yillarda  Peterburgda  chop 

etilgan  ―Barcha  tillar  va  shevalarning  qiyosiy  lug‘ati‖  4  tilli  lug‘atida  Osiyo, 

Yevropa,  Afrika,  Amerikadagi  272  tilga  oid  ma‘lumotlar,  ispaniyalik  Lorenso 



Gervasning  1800  -1804-  yillarda  Madridda  chop  etilgan  ―Ma‘lum  xalqlar 

tillarining  katalogi‖da  307  tilga  oid,  nemis  olimlari  I.K.Adelung  va  I.S. 

Faterlarning  ―Mitridat  yoki  umumiy  tilshunoslik‖  lug‘atida  500  tilga  oid 

ma‘lumotlar  keltirilganligini  ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Demak,  uyg‘onish  davrida 

juda  ko‘p  jonli  tillar  -  ispan,  fransuz,  venger,  ingliz,  polyak,  chex,  niderland 

tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.  

Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,  

Yevropadagi  jonli  tillarning  grammatikasiga  tadbiq  qilindi.  Bu  tilni  o‘rganishni 

mantiqiy  tafakkur  qoidalarini  bilishning  asosi,  barcha  tillardagi  grammatik 

kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida 

tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda Parij 

yaqinidagi  Por-Royal  monastirining  rohib  olimlari  mantiqshunos  Antuan  Arno  va 

fransuz  tilshunosi  Klod  Lanslo  tomonidan  ―Umumiy  ratsional  grammatika‖ 

yaratildi.  Por-Royal  grammatikasi  nomi  bilan  shuhrat  qozongan,  qadimgi  yunon, 

yahudiy,  lotin  va  fransuz  tillari  materiallari  asosida  yaratilgan  ushbu  asar  o‘z 

oldiga  barcha  tillarga  xos  umumiy  prinsiplar  va  farqlarning  sabablarini  aniqlash 

vazifasini qo‘yadi.  

Por-Royal grammatikasi 2 qism: fonetika va grammatika qismlaridan iborat bo‘lib, 

1- qismning 6 ta bobi tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘in masalalariga, oxirgi bobi har 

qanday  tipdagi  tillarning  o‘qitish  metodiga  (uslubiga)  bag‘ishlangan.  Kitobning 

2qismi 24 ta bobdan  iborat bo‘lib,  shulardan 23ta bobi morfologiyaning savol  va 

muammolariga  hamda  sintaksis  yoki  so‘zlarning  tipologik  tuzilishi  - 

konstruksiyalari  hamda  o‘zaro  birlashishi  haqidadir.  Ushbu  grammatika  ―Aql 

asoslariga qurilgan  va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san‘atini 

asoslab  beradigan  umumiy  grammatika‖,  ya‘ni  universal  grammatika  deb  ataldi. 

1675-yilda A.Arno va P.  

Nikollarning ―Mantiq yoki fikrlash madaniyati‖ degan asari ham yaratildi.  

  


Yüklə 348,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin