2-ma’ruza: pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘G‘risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari reja


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 39,15 Kb.
səhifə4/4
tarix25.02.2023
ölçüsü39,15 Kb.
#123621
1   2   3   4
2-maruza-mavzusi

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo yetadi. Bizga ma’Iumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga yega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
Falsafa, Iqtisod ,Sotsiologiva, Etika, yestetika, fiziologiya, gegina, psixologiya, tarix,madaniyatshunoslik, tibbiy shaxsning fiziologik-anatoinik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf yetishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli boialarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.
2.4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil yetish va o’tkazish.
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq yetish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf yetishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil yetish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obektiv va subektiv omillarga bog’liq. jylazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo yetuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga yega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya yetish zarur. Ular quyidagilardir:

  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

  2. ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi;

  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;

  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obektiv yondashuv;

  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb yetiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;

  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o’tish;

  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:Pedagogik kuzatish metodi, Suhbat metodi, Anketa metodi, Intervyu metodi, Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi, Test metodi, Pedagogik tahlil metodi, Bolalar ijodini o’rganish metodi, Pedagogik tajriba metodi, Matematik-statistik metod.
Yüklə 39,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin