2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta‟siri ularning jamoat



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi


Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta‟siri ularning jamoat 
tashkiloti 
ekanliklaridan 
kelib 
chiqadi, 
ya‟ni siyosiy partiya xalq 
hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini 
ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bо„ladi. 
О„zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‟kidlaganidek, "Partiya degani 
bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g„oya uchun, uning 
jamiyatda ustuvor bо„lishi va rо„yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar 
partiya ma‟nosini mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz, qancha partiya 
bо„lsa bо„laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi" 
(Karimov I.A. 
Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j.T.: О„zbekiston. 1996. B.351.).
О„tgan asrning 20-yillari boshlariga kelib, mamlakatimiz hududida yakka 
partiyaviylik bilan bir qatorda yakka hokimlik о„rnatildi. Turli nom va 
kо„rinishdagi barcha partiyalarning faoliyati tugatildi. Bolsheviklar partiyasi 
hamma jabhaga kirib borib, asosiy boshqaruv jilovini qо„lga oldi. Hukmron 
partiya davlat va hukumatning asosiy funksiyalari mazmun-mohiyatini belgilab 
beruvchi kuchga aylana bordi. Bunday sharoitda demokratiya va uning asosiy 
institutlaridan nishon ham qolmasdi. Kommunistik partiyaning g„oyasiga kо„ra, 
har bir insonning dunyoqarashi kommunistik mafkura asosida shakllanishi kerak 
edi. Kommunistlar tub aholining manfaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi 
bilan umuman hisoblashmasdi. 
Komunistik partiya faoliyatining asosiy qoidalari demokratik sentralizm deb 
atalsa-da, aslida о„taketgan markazlashuv (avtoritar, byurokratik boshqaruv)ni 
anglatardi. Fikrlar xilma-xilligiga yо„l qо„ymaslik, siyosiy tashkilotga xos 
bо„lmagan ma‟muriy-xо„jalik masalalari bilan shug„ullanish, davlat idoralari
shuningdek, jamoat birlashmalari ishlariga aralashish va boshqalar partiya 
faoliyatining asosini tashkil etardi. 
Kompartiya butun siyosiy hokimiyat tizimi о„zagini tashkil qilar edi: "U 
rahbarlikning shunday bir qismi ediki, bu qism qolgan jamiki rahbarlikka rahbarlik 
qilardi, ya‟ni oliy maqomdagi rahbariyat edi. Rahbarlikning va jamiyatni 
boshqarishning barcha tizimlari bevosita partiya boshqaruvi nazorati ostida ishlar, 
amalda ham uning uzviy bir davomi va bamisoli shaxobchasiday edi 
(Levitin L., 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin