2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


qaram bо„lmaydi. 13-j. -T.: О„zbekiston, 2005. -B. 403



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

qaram bо„lmaydi. 13-j. -T.: О„zbekiston, 2005. -B. 403.)

Matbuot sо„zining ta‟sirchanligi va samaradorligiga erishishda iqtisodiy 
erkinlik muhim ahamiyatga ega. U yoki bu nashr iqtisodiy jihatdan mustaqil emas 
ekan, bu holat uning sо„ziga salbiy ta‟sir kо„rsatadi. Xarajatlarini qoplay 
olmayotgan tahririyatlar aksariyat hollarda turli tashkilotlarga, masalan, banklarga, 
tijorat yо„nalishidagi korxonalarga, tadbirkorlarga yordam sо„rab, murojaat 
qiladilar. Ular homiylik yordami kо„rsatishlari mumkin, ammo buning uchun 
gazeta sahifalarida о„z faoliyatlariga doir quruq maqtov-targ„ibot materiallarini 
e‟lon etilishini talab qilishadi. Bu esa nashr mavqeini susaytiradi. 
О„zRning Birinchi Prezidenti I.Karimovning yana bir taklifi "Ommaviy axbo-
rot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari tо„g„risida" Qonun qabul qilinishi 
matbuotda xolislik va haqqoniylik prinsiplarining tо„la qaror topishiga zamin 
yaratadi. Chunki tijorat ishlari bilan shug„ullanmaydigan ijtimoiy-siyosiy
ma‟naviy-ma‟rifiy nashrlarning reklama materiallariga zо„r berishi ularni asosiy 
vazifadan chalg„itadi, tahririyatga moddiy yordam kо„rsatayotgan norasmiy 
homiylarning ta‟siriga tushib qolish xavfi yuzaga keladi. Mustaqillik yillarida 
mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari yangilanish va qayta shakllanish yо„lini 
bosib о„tdi. Matbuot jamiyatda siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda


48 
jamoatchilik fikrini shakllantirish, jamiyat a‟zolarining ijtimoiy faolligiga, 
xususan, amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligiga ta‟sir kо„rsatish, 
xalqimizning milliy va ma‟naviy qadriyatlarini asrab-avaylashda muhim rol 
о„ynamoqsa. OAV faoliyatini rivojlantirish va erkinlashtirishda jamoat 
tashkilotlari, jumladan, Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy 
assotsiatsiyasi, О„zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va 
axborot agentliklarini qо„llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi faoliyati 
fikrimizga dalil bо„la oladi. 
Milliy matbuotimiz tizimida yangi tarmoqlar, jumladan, xususiy gazeta-
jurnallar, radio va televideniye, nashriyot va bosmaxonalar paydo bо„ldi. Siyosiy 
nargiyalarning nashrlari matbuotda fikr erkinligi, ijodiy raqobat, bahs-munozara 
ruxini kuchaytirdi. Vazirlik va tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqasini 
kuchaytirish maqsadida ularning matbuot xizmatlari tashkil etildi. Faol, fidoyi 
ijodkorlar mehnatini qо„llab-quvvatlash maqsadida "Oltin qalam", "Yilning eng 
faol jurnalisti”, "Eng ulug„, eng aziz" tanlovlari о„tkazilmoqda. Matbuotda uzoq 
yillar ishlagan fidoyilar davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor 
bо„lishmoqda. О„zR OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a‟zolari 
tarkibida gazetalarning bosh muharrirlari ham borligi, ayniqsa, quvonarlidir. 
2017 yilda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan OAVning soni 1513, 
nashriyotlar soni 122 tani tashkil etgan (

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin