2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari


Siyosiy huquqlar, ularning kafolatlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/44
tarix02.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#121916
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasi

Siyosiy huquqlar, ularning kafolatlari. O‟zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. 
Ular quyidagilardan iborat: 
• 
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish; 
• 
o„z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig„ilishlar shaklida 
amalga oshirish; 
• 
kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga 
uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish; 
• 
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza


50 
taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish. 
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari 
to„g„risida“, „Ommaviy axborot vositalari to„g„risida“, „Siyosiy partiyalar 
to„g„risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarida 
respublika 
fuqarolarining 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
huquqlari 
mustahkamlanib qo„yilgan: 

uy-joyga ega bo„lish; 

mulkdor bo„lish va undan erkin foydalanish; 

mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya-lanish; 

yollanib ishlaganda dam olish; 

qariganda, mehnat qobiliyatini yo„qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo„lganda ijtimoiy ta‟minot olish; 

malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; 

bilim olish; 

ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish. 
Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‟zbekiston Respublikasining 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat 
deganda, fuqarolarga belgilab qo„yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni 
ta‟minlaydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Zarur bo„lgan 
hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. „Fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga 
shikoyat qilish to„g„risida“gi Qonun (1995-yil 30-avgust) ana shu maqsadlarga 
xizmat qilmoqda. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin