3- ma`ruza Spotchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o`tqazish mazmuni va metodlari. O`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishida shifokor nazorati



Yüklə 311,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix02.12.2023
ölçüsü311,23 Kb.
#137564
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3-маруза с

Tashqi nafas tizimi 
Sport faoliyati sharoitlarida, tashqi nafas olish apparatiga o‘ta darajadagi muhim 
talablar qocyiladi. Ushbu talablami amalga oshirish, butun yurak-nafas tizimining 
samarador faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Kislorodni tashuvchi tizim majmuasida 
nafas olish asosiy cheklovchi qismni tashkil etmasa ham, u tananing kerakli darajadagi 
kislorodli tartibini shakllanishida bosh vazifani o`taydi.Tashqi nafas tiziminmg faol 
holati umumklinik tekshirishlari ma`lumotlari va asbob-uskunali tibbiy usullarni 
qo6llash bilan baholanadi. Sportchining odatdagi klinik tekshiruvlar (anamnez, 
paypaslash, to`qillatish va eshitish ma’lumotlari) shifokorga ko‘pchilik hollarda 
o‘pkalarda patologik holatlarni borligi yoki yo`qligi masalalarini hal etishga imkon 
beradi. Tabiiyki, sportchilaming faoliy jihatdan tayyor ekanligini aniqlash 
niyatida.mutlaqo sog‘lom o‘pkalar chuqur, sinchkov tekshiruvlardan o`tkaziladi.
Anamnez - bemorning hayot sharoiti va kasalliklari tarixi haqida so‘rab-istab 
to‘planadigan ma`lumotlaming yig‘indisini bildiradi. Tashqi nafas tizimini taxlil etish 
jarayonida, uning bir necha yo‘nalishini ko‘rib chiqish foydadan holi bo‘lmaydi. Bularga 
nafas harakatlarini, o‘pkalarda havo almashinishini va uning samaradorligini 
ta’minlovchi apparatning faoliyati kiradi. Muntazam sport faoliyati ta’sirida nafas 
harakatlarini amalga oshiruvchi mushaklarning diafragma va qovurg‘alararo mushaklar 
kuchining zo‘rayishi oqibatida, sport mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan nafas 
harakatlari va bu jarayon tufayli o‘pkalaming shamollatilishi oshadi. Shamollatish - turli 
moslamalar 
yordamida 
bo`shliqlardagi 
havoni 
yangilashni 
anglatadi. 
Nafas 
mushaklarining kuchi pnevmotonometr, pnevmotaxometr va boshqa bilvosita usullar 
yordamida o‘lchanadi. Pnevmotonometr - o‘pkalarda, kuchanganda yoki zo`rma-zo`raki 
nafas olingan paytda vujudga keladigan bosimni o`lchaydi. Pnevmotaxometr - 
litr/daqiqalarda ifodalanib, tezlashtirilgan nafas olish va nafas chiqarish chog‘larida 
nafas yo‘llarida vujudga keladigan havo oqimining hajmiy tezligini aniqlaydi. 



Yüklə 311,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin