bu narkolepsiyadir .U kunduzgi uxlash
hurujlari hamda
idiopatik giper somniya - kechki uzaygan uyquda, kunduzi mudrash -
uyqu bosish bilan ifodalanadi.Idiopatik - bu o‘z-o‘zidan sababsiz kasallik paydo
boladigan holatdir.
Gipersomniya - patologikuyquchanlik — qondaqandmiqdorikamayibketganda,
narkolepsiyaningalomatitariqasidaayrimxurujlarhamdao‘rtamiyashikastlangandakuzatila
di. Narkolepsiya - asosan yoshlarda uchrab, vaqt-bevaqt qisqa-qisqa uxlab qolish bilan
ifodalanadigan kasallik.Bunday paytlarda odam ishlab, gaplashib turganida yoki
ketayotgan paytida qisqa muddat davomida uxlab qoladi.Uyqu juda qisqa bolganida,
bemor yiqilmasligi yoki qo‘lida ushlab turgan narsani tashlab yubormasligi
mumkin.Sportchilarda uyquning izdan chiqishi, markaziy nerv tizimini о`tа darajada
toliqishi yoki darmonsizlanishi deb tushuniladi.
Murakkablashgan Romberg sinamasida (bir oyoqda turib, ikkinchi oyoqning tovoni
bilan turgan birinchi oyoqning tizzasiga qo‘yib, qo‘llar oldinga cho‘zilgan, ko‘zlar
yumilgan holatda) nafaqat turg‘unlik darajasi va qo‘l hamda oyoqlar barmoqlarining
qaltirashi, kipriklaming pir- pirashi, balki turg‘unlik vaqti ham hisobga olinadi. Agar
sportchi turg‘unlikni 15 (o‘n besh) soniyadan ortiq vaqt davomida saqlay olsa, tanasi
chayqalmasa-tebranmasa, qo‘l barmoqlari qaltiramasa, kipriklari pirillamasa, statik-
turg‘un muvofiqlashtirish yaxshi deb baholanadi, aks holda qoniqarsiz deb baholanadi
Harakat muvofiqlashtiruvining (dinamikasini) baholash niyatida barmoq- burun sinamasi qo‘llaniladi. Uni amalga oshirish quyidagicha bo‘ladi:
1) ko‘zlar yumiq holatda;
2) ko‘rsatkich barmoq uchi bilan burun uchiga tekkizish kerak.
Ishonchsiz harakatlar va kafltning qaltirashi harakatning muvofiqlashtirishni izdan
chiqqanligiga guvohlik beradi. Tananing turg‘unligini me’yoriy va murakkablashgan
holatlarda aniqroq tekshirishni stabiolografiya usuli yordamida bajarish mumkin.
Tananing va uning ayrim qismlarining qaltirashini tremografiya usulida yozib olsa
bo‘ladi. Yozilgan egriliklarni miqdoriy jihatdan hisoblash vaqt birligi ichida chayqalish
sonini, har bir chayqalishning davrini, chayqalish harakatlarining yo‘nalishi va
amplitudasini
hamda
nerv
tizimining
muvoflashtirish
faoliyatining
boshqa
ko‘rsatkichlarini ham aniqlasa bo‘ladi.