3 – mavzu: O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə4/4
tarix20.06.2023
ölçüsü27,42 Kb.
#128313
1   2   3   4
3 – mavzu O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yoz

Suriya manbalariga kelsak, avvalambor, shuni aytish kerakki, suryoniy tili aramey tilining bir shoxobchasi, lahjasidir. Bu til dastlab II/III asrlardan boshlab Dajla bilan Frot oralig‘idagi yerlarda taraqqiy etdi. Bu hol Suriyada ham, Iroqda ham xristianlikning keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Xristianlik g‘oyalari suryoniy tilida bitilgan barcha kitoblar mazmunida o‘z aksini topdi. Yana bir gap. Suriyalik olimlar o‘zlari mustaqil tarzda yirik asarlar yaratmadilar. Lekin, ular tarjimonlik faoliyati (yunonchadan pahlaviy tiliga, pahlaviychadan yunon tiliga, so‘ng har ikkalasidan suryoniy tiliga) bilan Vizantiya, Eron, Yunoniston o‘rtasida ko‘prik, ya’ni vositachilik rolini o‘tadilar. IX asrga kelib ular pahlaviy va yunon tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qildilar. Shu bilan bir qatorda, suriyaliklar, armanlar kabi, tarix ilmida ham bir talay asar yozib qoldirdilar. Ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Yeshu Stelit (rohib) - V asr oxiri VI asr boshlarida Edessa viloyatida istiqomat qilgan. O‘z “Kundlik”ida Edessa shahri (Mesapotamiyaning shimoliy qismida joylashgan qadimiy shahar, unga mil. av. 302 yili asos solingan, hozir Turkiyaga qarashli Urfa shahri), shaharning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Shu bilan birga V-VI asr boshlarida Edessa hududida Vizantiya bilan Eron o‘rtasida bo‘lgan urushlar haqida ham ma’lumot uchratamiz. Yeshu Stelitning “Kundalik”i leningradlik yirik sharqshunos olima N.V.Pigulevskaya tarafidan, tadqiqot va zarur izohlar bilan chop etilgan.
Zaxariya Ritor (notiq) - VI asrning birinchi yarmida o‘tgan ruhoniy tarixchi; kelib chiqishi suryoniy. Yunoncha ma’lumot olgan. Egey dengizida joylashgan Migelina - lesbo orolida yepiskop bo‘lgan. Yunon tilida “Ritor Zaxariya tarixi” degan asar yozgan. Bu asarning asli bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Fakatgina Suryoniy tilida qayta ishlangan nusxasigina yetib kelgan, xolos. Muharrir ba’zi ma’lumotlarni o‘zidan qo‘shgan. Shuning uchun ham uni “Zaxariyning soxta tarixi” deb ham ataydilar. “Ritor (notiq) Zaxariya tarixi” boshqa tarixlardan tilining soddaligi, bayonining ixchamligi bilan ajralib turadi. Muallif o‘z asarida Vizantiya - Eron munosabatlariga ko‘proq ahamiyat beradi. Ioann Efesskiy - taxminan 505 yili tug‘ilgan. Vafot etgan yili noma’lum. Lekin asarida bayon etilgan voqea 585 yil bilan tugaydi. Shunga qaraganda Efeslik Ioann ko‘p ham o‘tmay vafot etgan. Asar suryoniy tilida yozilgan bo‘lib, unda, xususan, Vizantiya - Eron munosabatlari batafsil bayon qilingan. Muallif Sosoniy podsholarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ladi va xristian cherkovi nuqtai nazaridan fikr yuritadi.
Ishobaxt - Fors viloyatidagi Nestorian cherkovining metropoliti “Sud qonunlari” degan asar yozgan (VI asr). Ma’lumki, Sosoniy podsholari xristianlarga o‘z qonunlari bilan ish yuritishga ijozat bergan edilar. Ishobaxt “Qonunnoma”sining yozilishi ham shu sababdan. “Qonunnoma”da meros, qul tutish, uning mehnatidan foylanish masalalari keng yoritilgan.
Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin