Kimyoviy xavfli va zararli omillar quyidagilarga bo‘linadi: Odam organizmiga ta’sir qilish xususiyatiga qarab: toksik; qo‘zg‘atuvchi; sensibilli;
kanserogen; mutagen; reproduktiv funksiyasiga ta’sir qiluvchi.
Odam organizmiga kirish yo‘liga qarab: nafas olish a’zolari; oshqozon-ichak trakti; teri
qoplamasi va shilliq parda orqali.
Biologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar quyidagi biologik obyektlarni o‘z
ichiga qamrab oladi:
Patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, spiroxetlar, zamburug‘lar)
va ularning faoliyati mahsuli;
Mikroorganizmlar (o‘simlik, hayvonlar).
Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar ta’sir qilish xususiyatiga qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
-
fizikaviy zo‘riqishlar (statik, dinamik);
-
ruhiy-asab zuriqishlar (aqliy o‘ta kuchlanish, analizatorlarni o‘ta
kuchlanishi, mehnatni monotonligi, emotsional zo‘riqishlar).
Shuni hisobga olish kerakki, bir xil xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari birdaniga har
xil guruh omillariga tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish changi yuzaga kelishi va
fizikaviy holati, o‘lchov birligi bo‘yicha fizikaviy omil bo‘ladi, odamni organizmiga ta’siri
bo‘yicha (toksik, fibrogen va b.) kimyoviy omilga tegishli.
Nazarot savollari 1. Changning inson organizmiga zararli ta’siriniaytib bering.
2. Zararli changlar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlashda shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanishning ahamiyatini ayting?
3. Ish joylarinida zararli gazlar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish haqida
ma’lumot bering?
Mа’ruzа: Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash .