3-ma’ruza : Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix25.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134178
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

 (2-soat)
Reja: 
1. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy 
shamollatishning mohiyati. 
2. Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. 
3. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash.
 
1. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy 
shamollatishning mohiyati. 
Ishlab chiqarishda shamollatish
- bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan 
ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni 
yaratish uchun zarur qurilmalar tizimidir. 
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi hisobiga 
tabiiy yo‘l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Bunday 


shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi. Shamollatkichlar xonaga havoni uzatishi 
va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin. 
Shamollatkichlar ishlatish joyig’a qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo‘linadi.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy 
shamollatkich esa ma’lum bir joylardagi havoni almashtiradi (6-rasm). 
6-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari: 
1-havo qabul kilgich; 
2-havo uzatkichlar; 3-filtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma Shamollatkich; 6-havoni xonaga 
kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish 
qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona. 
Shamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo 
almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq bo‘ladi. 
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan 
zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan 
zona orqali yoki odamlar tez-tez bo‘ladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xonadan 
tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo‘lgan tomonga chiqarish lozim.(6.1-
rasm). 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin