Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni
Sun’iy yoritish va unga asosiy talablar . Sun’iy yoritish umumiy (yoritishni bevosita ish
joyidan ta’minlovchi mahalliy yoritish umumiy yoritishga kiradi) va kombinatsiyalashgan
ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bino ichida faqat mahalliy yoritishdan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Uskunalarning joylashishiga bog‘liq holda yoritish teng taqsimlangan yoki ish joyini
joylashishini hisobga olgan holda ma’lum maydonni yoritishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Sun’iy yoritish ishchi va avariyaviy bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan barcha hollarda normal
ishlashni ta’minlash maqsadida foydalaniladi, bunday tashqari ular odamlar o‘tish joyini,
transport harakatini (tabiiy yoritish etarli bo‘lmaganda) yoritishda ishlatiladi.
3. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Shovqin va titrash ishlab chiqarish korxonalaridagi yo’zaga kelishi mumkin bo‘lgan zararli
omillardan hisoblanadi. Ishlab chiqarishda ishlovchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini
yaratishda ularning meyorlariga ham e’tibor beriladi.
Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik
tebranishlaridir.
Me`yordan yuqori, o’zoq ta`sir etgan Shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini
zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga halaqit beradigan tovushlarga
shovqin deb ataladi .
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va o’zoq davom
etadigan Shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta`sir ko`rsatib, natijada insonni tez
charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini bo’zadi.
Shovqin va titrashning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga bog‘liq. 16 Gs dan kam
chastotali tebranishlar odamga silkinish - titrash kabi ta’sir qiladi. Shovqin insonga aosan eshitish
organlari orqali ta’sir etib, asb tizimlarini jarohatlaydi. Shuning uchun ham inson doimiy ravishda
o‘zini shovqinlardan himoyalab yurishi zarur. Shovqinning o’zoq muddatli ta’siri ostida insonning
eshitish organida kasallik paydo bo‘ladi. Shu bilan birga asab tizimi izdan chiqib, buning oqibatida
qon bosimi, ko‘rish organlarida kasalliklar yo’zaga keladi.
Titrash insonga bevosita ta’sir etuvchi mexanik tebranma kuch hisoblanib, u takrorlanuvchi
bo‘lganligidan to‘lqinsimon tushunchaga ega deymiz. Titrash meyoridan ortishi bilan inson asab
kasali, suyak bo‘g‘inlari va mushak kasalliklariga yo‘liqadi. Titrash ta’sirida doimiy ishlovchilar
titrash ta’sirini kamaytiruvchi vositalardan foydalanishi talab etiladi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bo’lgan to`lqinlarini
eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi Shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa
ul’tratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta`sir ko`rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: