3-ma’ruza : Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix25.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#134178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni

Tabiiy changlar
- meteoritlardan va tuproqlarning shamol ta’siridan hosil bo‘ladigan 
changlari. 
Sun’iy changlar
- ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan changlar. Buni ishlab 
chiqarish changlari deb yuritiladi. 
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra changlar 
organik
va 
noorganik
hamda 
aralash
(organik va 
noorganik) changlarga bo‘linadi. Organik changlarga organik moddalar - o‘simlik, yog‘och, 
plastmassa kabilar changlari kiradi. Noorganik changlarga noorganik moddalar - kvars, asbest, 
ohak va turli mineral moddalar changlari kiradi. 
Chang va tutun umumiy holda aerozollar deb yuritiladi. 
Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispersligi (maydalanganlik darajasi), 
zarrachalarining shakli, ularning inson organizmida erish qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga 
bog‘liq. Changning dispersliligi uning gigiyena jihatidan baholash uchun eng muhim alomati 
hisoblanadi. Changlarning havoda muallaq holatda bo‘lish davomliligi, nafas olish organlariga 
kirib borish chuqurligi, fizik-kimyoviy aktivligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining 
o‘lchamlariga bog‘liq. 
Turli organik suyuqliklar bug‘lanib, havoda gidrozolni hosil qilishi mumkin. Bularni ham 
zararli omillar qatorida chang sifatida o‘rganilishi mumkin.
Inson uchun eng xavfli changlar 0,2 dan 7 mk o‘lchamdagi changlar hisoblanib, bular nafas 
olish natijasida o‘pkaga kirib, o‘pkada o‘rnashib qoladi va turli xildagi o‘pka kasalliklarini keltirib 
chiqarishi mumkin. Bunda o‘pka alveolalari to‘silishi natijasida kasallik kelib chiqishi juda xavfli 
hisoblanadi. 
Changning disperslik darajasi ortib borishi bilan uning kimyoviy aktivligi ortadi. 
Changlarning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Agar chang zaharli bo‘lmasa, ularning 
hujayra suyuqliklarida erishi maqbul hisoblanadi. Zaharli changning hujayra suyuqliklarida yaxshi 
eruvchanligi esa zararli bo‘lib hisoblanadi. Chunki zaharli modda bu yo‘l bilan qonga o‘tadi va 
insonning butun organizmi bo‘ylab tarqaladi. 
Chang asosan nafas olish yo‘llariga, o‘pkaga, ko‘zga shuningdek, teriga ta’sir qiladi. 
O‘lchamlari 5 mk li va undan katta chang zarrachalarining hammasi yuqorigi nafas olish 
yo‘llarida, eng avvalo burun bo‘shlig‘ida ushlanib qoladi. Buning oqibatida shilliq parda 
shikastlanadi va yallig‘lanadi, burun bo‘shlig‘ining tozalash (filtrlash) darajasi pasayib ketadi. 
5 mk dan kichik chang zarrachalari o‘pkagacha kirib boradi. Ular o‘pkada o’zoq turib qolishi 
natijasida pnevmokonioz kabi og‘ir kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kasalliklar chang 
turlariga qarab quyidagicha bo‘ladi: 
silikoz, silikatoz - tarkibida kremniy Si mavjud bo‘lgan changlardan kelib chiqadi
asbestoz - tarkibida asbest changidan yo’zaga keladi; 


antrakoz - ko‘mir changi ta’sirida paydo bo‘ladi; 
sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi; 
allergoz - organik changlar ta’siridan yo’zaga keladi va hokazo. Shu kasalliklar kelib 
chiqishi hisobga olinib, chang sharoitida ishlashda changlardan himoya qilish vositalaridan 
foydalanish zarur. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin