3-ma’ruza: Qizil suvo‘tlar bo‘limi – Rhodophyta. Reja 1



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2022
ölçüsü61,5 Kb.
#120061
1   2   3   4   5
3-ma’ruza

Batraxospermum turkumi (Batrachospermum)
Bu qo‘ng‘ir, ko‘kish (fikotsian jo‘da ko‘p) va shilimshiqsimon, tallomning uzunligi 5-12 sm keladigan qizil suvo‘t bo‘lib, toza va tiniq daryo hamda ko‘l suvlarida substratda yopishgan holda o‘sadi.
Tallomi yirik hujayralardan to‘zilgan bosh o‘zak ipchalardan va unda halqa bo‘lib joylashgan yon shoxchalardan iborat. Bosh o‘zak ipchalari bo‘linish xususiyatiga ega, shuning uchun tallomi bo‘yiga qarab o‘sadi. Yon shoxchalar munchoqsimon (cho‘zilgan) mayda hujayralardan tuzilgan bo‘lib, ularda xromatofor g‘oyat ko‘p bo‘ladi. Bular assimilyasiya vazifasini bajaradi. Shuning uchun ularni assimilyatorlar deyiladi. Yon shoxchalar (assimilyator)ni bazal hujayralardan to‘xtovsiz o‘suvchi shoxchalar hosil bo‘ladi. Shoxchalarning bo‘g‘imlararo hujayrasi o‘smasdan qoladi. O‘sishi chegaralangan yon shoxchalar (assimilyator)larda jinsiy organlar taraqqiy etadi. Urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin, karpogonni qorin qismidan shoxlangan gonimoblast ipchalar o‘sib chiqadi. Ularni uchlaridan korposporalar hosil bo‘ladi. Karposporalar to‘p-to‘p bo‘lib joylashib, sistokarpiy hosil qiladi. Korposporalarning o‘sishidan sudralib o‘suvchi ip, undan esa tikka o‘suvchi shoxlangan ip o‘sib chiqadi, bu ip batraxospermum tallomiga mutlaqo o‘xshamaydi. Batraxospermumni bu taraqqiyot stadiyasi shantranziya (Shantrasia)ni eslatadi (18-rasm).
Umonosporalar vositasi bilan ko‘payadi. Qulay sharoitda shantranziyaning ustki hujayralaridan batraxospermum tallomi o‘sib chiqadi. E.Man degan olimning aniqlashicha batraxospermum tallomini bazal qismi, xuddi Lemanea tallomiga o‘xshash diploidli bo‘lib, tetrosporofit hisoblanadi.
Lemanea va batraxospermumning tallomi bir o‘zakli tuzilishga ega. Ko‘p o‘zakli tuzilishga ega bo‘lgan vakillariga dengizda o‘suvchi nemalion (Nemalion) turkumi misol bo‘ladi. Buning tallomi sal shoxlangan pushti rang, shilimshiq, sodda tuzilgan, uzunligi 10-20 sm, substratga yopishgan Janubiy dengizda o‘sadi. Tallomi markaziy qismi rangsiz, uzun hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, undan ko‘p marta shoxlangan radial assimilyatorlar yupka konsistensiyali shilliq bilan tutashgan. Assimilyatorlar xromatoforga boy. Nemalionni jinsiy organlari xuddi batraxospermumnikiga o‘xshash assimilyatorlarda paydo bo‘ladi. Karposporofit va karposporalar diploidli. N. vermisuiate degan turda nasllarni gallanishi aniqlangan.
Mikroskopik sporofit - (tetrasporofit) bilan almashadi.

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin