Tushunchani ta’riflash. Tushunchaning mazmunini, muhim belgilarini ochishga qaratilgan jarayon ta’riflash yoki definitsiya deb ataladi.Masalan: «Huquqiy davlat – о‘z faoliyatida faqat qonunga suyanib ish kо‘radigan siyosiy tashkilotdir»(Real ta’rif); «teleskop» grekcha «tele» – uzoq, «skop» – kо‘raman, degan sо‘zdan olingan bо‘lib, osmon jismlarini uzoqdan kuzatishda ishlatiladigan predmetdir (Nominal ta’rif); «О‘zbekiston Respublikasi – Markaziy Osiyodagi, sobiq О‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining hududida, 1991 yil 31 avgustda paydo bо‘lgan yangi mustaqil davlat» (Genetik ta’rif).

Tasniflash – bu predmetlarni bir-biriga о‘xshashligi va farqiga qarab, ma’lum guruhlarga, turlarga, sinflarga bо‘lishdir. Tabiiy ilmiy tasniflashning mumtoz namunasini D.I. Mendeleyevning kimyoviy elementlari davriy tizimining jadvali; Sun’iy tasniflashga misol sifatida kutubxonadagi kitoblarning predmetiga, muallifiga qarab tartibga solish; telefon kitobchasida yoki sinf jurnalida odamlarning familiyasini alfavit tartibida rо‘yxatga olish kabilarni kо‘osatish mumkin.
HUKM – TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLI SIFATIDA PREDMETGA MA’LUM BIR BELGINING XOSLIGI YOKI XOS EMASLIGINI IFODALOVCHI TAFAKKUR SHAKLI
Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu bois hukm va gap bir biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir