3-mavzu: zardushtiylik dini

Zardushtiylik ta’limoti va Avestoga doir ilmiy yondashuvlar

Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/5
tarix24.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#133678
1   2   3   4   5
zardushtiylik dini.Alijonov Sh

4. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoga doir ilmiy yondashuvlar.

Abu Rayhon Beruniyning "Osor ul-boqiya" ("+adimgi halqlardan qolgan yodgorliklar") asarida (X asr) zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr yuritiladi.

Abu Rayhon Beruniyning "Osor ul-boqiya" ("+adimgi halqlardan qolgan yodgorliklar") asarida (X asr) zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr yuritiladi.

Eng qadimgi zamonlardayoq zardushtiylik dini juda keng tarqalgan bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan, islom dini egallagan. Natijada bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning juda ko‘p qismi, Sosoniylar davrida amalda bo‘lgan "Avesto" to‘plamining taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan. Mana shu hol zardushtiylik ta'limoti tarixi va tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.

Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda "Avesto" muhim manbadir. Chunki "Avesto" faqat zardushtiylik dinining urf-odatlari, e'tiqodi jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo va Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan.

Yer yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. Amerikalik olim R.Fray, frantsuz olimi E.Benvenist, belgiyalik olim J.Dyushen - Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik K.Barr, nemis olimi B.Xints va sovet olimlari I.Aliyev, V.I.Abayeva, M.A.Dandamayev, I.M.Dyakonov, V.A.Livshits, B.Gafurov va boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin.

"Avesto"ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni Abu Rayhon Beruniy boshlab bergan bo‘lsa, Yevropada 1723 yil Jorj Bouje va ayniqsa frantsuz olimi Anketilь Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi. London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan zardushtiylikning o‘rta asrlardagi va yangi zamonlardagi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin