4- amaliy mashg‘ulot mavzu: Til sathlari o‘rtasidagi uzviy alоqadоrliklar. Tilning lug‘at sathi Mavzu rejasi



Yüklə 36,33 Kb.
səhifə4/10
tarix19.09.2023
ölçüsü36,33 Kb.
#129076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu. Tilshunoslik asoslari (1)

Sintagmatik va sintaktik aloqa - butun bo‘lak munosabatidir. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir ko‘rinishidir. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma-ket bog‘lanish bo‘lsa, sintaktik aloqa so‘z va gaplarning hokim – tobelik munosabatidir.
Til birliklari orasida paradigmatik (o‘xshashlik), sintagmatik (qo‘shnichilik) munosabatlar bilan bir qatorda ierarxik (pog‘onali) munosabatlar ham farqlanadi. Bunday munosabatda til birliklari o‘zaro butun – bo‘lak, tur – jins aloqalari bilan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, morfologik sathda qaratqich kelishigi bir otni ikkinchi ot yoki harakat nomiga bog‘lashga xizmat qiladi, shu bilan u kelishiklar guruhiga kiradi, kelishiklar so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalar sifatida ko‘makchilar bilan birgalikda tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lovchi vositalar guruhiga kiradi. Tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lovchi kelishiklar va ko‘makchilar bog‘lovchi va egalik kategoriyasi bilan birgalikda so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalar sirasiga mansub bo‘ladi. Leksik sathda [o‘simlik], [daraxt], [tol] lug‘aviy birliklari quyidagi ierarxik munosabatda turadi: [tol] anglatgan ma’no va tushunchasiga ko‘ra [daraxt] ma’no tarkibiga[daraxt] esa [o‘simlik] ma’nosining tarkibiga kiradi. Biz yuqorida paradigmatik munosabatlar haqida gapirib, paradigma a’zolari o‘zaro ziddiyatda turadi, deb ta’kidlagan edik.
1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qarama-qarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir. Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir. Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir.

Yüklə 36,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin