4- sinf o’qish darslarida xalq ertaklarini o’rgatish usullari


I.3. Bola ruhiyatida ertakning roli



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə9/20
tarix14.04.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#115291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
madina Po\'latova

I.3. Bola ruhiyatida ertakning roli. Ma’lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq sog’lom avlod tarbiyasi ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Sog’lom avlodni tarbiyalashda bu yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, ma’naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Ana shunday mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish uchun maktab darsliklarida ham bir qator yangi o’zgarishlar kiritildi, yangi yangi darsliklar yaratildiki, ular o’zbek xalqining ta’lim-tarbiyaga oid tarixiy tajribasini hayotga tatbiq etishga mas’uldirlar.

Ertak janr va badiiy xususiyatlari jihatdan bolaga tez ta’sir qiluvchi, o’z ta’siriga oluvchi va albatta, yaxshilikka yetaklovchi kuch bo’lib, u orqali endi hayotga kirib kelayotgan bolaga tez va oson ma’naviy ta’sir ko’rsatish mumkin. Qadimdan xalqimizda bolaga ertak aytib uxlatish, yosh bolaga ertak orqali hayotdagi yaxshi va yomon, ezgulik va yovuzlik, ijobiy va salbiy sifatlar haqida dastlabki tushunchalar berilgan, shu orqali tarbiyaning ilk namunalari o’rgatilgan.

Demak, biz ajdodlarimiz ma’naviy moddiy merosiga vorislik nuqtai nazaridan yondoshib, yosh avlodni maktabdanoq to’g’ri tarbiyalashga erishmog’imiz lozim.

Chunki, xalqimizning aqidasiga ko’ra «Insonning kuchi tarbiyadadir». Shu jihatdan qaraganda O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi ham o’zining boy tarixiy, ma’naviy-madaniy merosi, ming yillar davomida tarkib topgan tarbiya amallari, an’analari, axloq-odob qoidalari xazinasiga egadir. Ana shu xalqning buyuk mutafakkirlari komil inson xususida, uning axloqi to’g’risida dunyoga mashhur buyuk mutafakkirlari komil inson xususida, uning axloqi to’g’risida dunyoga mashhur bo’lgan durdona asarlar yozib qoldirganlar. Bobolarimiz qoldirgan buyuk merosdan foydalanish, tarbiya metodlarini qo’llash, ularni bolalar ongiga singdirish muhim ahamiyatga egadir. Bunday meroslardan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilik», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Bahoritsion», A.Navoiyning «Mahbub –ul-qulub», Devoniyning «Axloqi Jaloliy», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» kabi betakror, nodir asarlaridan foydalanish joizdir, deb hisoblaymiz.

Bobokalonlarimiz bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirishga katta e’tibor qaratishgan. Shu bois respublikasmizda sog’lom avlodni tarbiyalash maqsadida bola tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko’tarish va unga vatanparvar, mehr-muhabbatli, insonparvar qilib tarbiyalashni maktab yoshidayoq boshlash va uni to’xtovsiz davom ettirish maktab, oila, mahalla jamoat tashkilotlari e’tiboridan chetga qolmasligi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidanoq bobolar merosiga tayangan holda, milliy merosimiz xalq og’zaki ijodining turli janrlari yordamida har tomonlama rivojlantirishni asosiy vazifalardan deb hisoblaymiz.

Ertaklar - axloqiy tarbiyaning mazmuni: yaxlit odobli shaxsni shakllantirishga qaratilgan. Axloqiy tarbiyalangan shaxsda barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo’ladi. Axloqiy tushunchalarni turli yosh guruhlarida shakllantirish darajasi turlichadir. Bolalar o’zlashtiryotgan axloqiy his-tuyg’ular, kechinmalar ma’naviy e’tiqodni shakllantirishning muhim sharoitlaridan biridir. Axloqiy his-tuyg’u insonning jamiyatga, odamlarga, o’ziga nisbatan emotsional munosabatini bildiradi. Bu odamlar o’rtasidagi muomala jarayonida vujidga keladi va rivojlanadi. His- tuyg’ilar axloqiy bilimlar va etiqodlari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash alohida ajralib qolgan jamiyat emas, bu tushunchalar inson ehtiyojlari unung bilim va kechinmalarini uning sezgisi asosida vujidga keladi va rivojlanadi. Bola shaxsini tarbiyalashda pedogogik ta’sir ko’rsatish usul, uslublarning turli yo’llarini ishlab chiqish zarurdir. Pedagog axloqiy his - tuyg’ularning tarbiyalashda ertaklar va ulardagi turli tuman obrazlar orqali bolaga ta’sir ko’rsatishga katta e’tibor qartishlari zarur, chunki yaxshi his-tuyg’ularning ildizi bolalikdan boshlanishi tabiiy.

Odamiylik, mehribonlik, hamkorlik, ittifoq, hayrixohlik, mehnatda, tashvishlarda, atrofdagi dunyo go’zalligi haqida g’amxo’rlik qilish, hayajonlanish jarayonida bolada hosil bo’ladigan tushunchalarni sintez qilish eshitgan ertaklaridan chiqargan xulosalar asosida vujidga keladi. Axloqiy odatlar axloqiy e’tiqodlar his –tuyg’ular bilan bir qatorda hulq -atvorning ichki reguliyatorlari tizimiga kiradi. Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi “ darsliklarida ertakning o’zigina keltirilmasdan, balki unga mos rivoyat va maqollar ham beriladi. Masalan 4-sinf “O’qish kitobi” dagi “Chaqimchiga mukofat” ertagini olaylik. O’quvchi bu asarni to’la o’qib chiqqandan so’ng chaqimchilik yomon illat ekanini, u odamlar orasini buzishini , hikoyadagi hokimga bevafolik qilganini va ohir oqibatda jazosini olganini ya’ni dorga ostirilganini biladi. Shu ertak orqali o’quvchi “Vadaga vafo – mardning ishi “, Chaqimchi tuhum po’chog’ uning joyi tandiz – o’choq “,kabi maqollarni ma’nosini osongina tushunib oladilar.

“Tuz haqi” ertagida ham shunday. Asar o’qib bo’lingach, savol va topshiriqlar bilan ishlanadi. 3-savolda bunday deyilgan: “Tuzning tabarrukligi to’g’risida qanday maqollarni bilasiz?” Bir kun tuz totgan joyinga qirq kun salom ber”, “Tuzini yeb tuzlig’iga tupirma” va boshqalar.

3-sinf “O’qish kitobida”da Farhod Musajonovning “Yaxshilik”, hikoyasi berilgan. Bola uni o’qib ,”Yaxshilik yerda qolmas “, “Yaxshi niyat –yarim davlat “, ”Yaxshidan bog’ qoladi-yomondan dog’ “, “Yaxshiga yondoshsang, yetarsan murodga, yomonga yondoshsang qolarsan uyatga “, “ Yaxshi oshini yer , yomon boshini”,

Yaxshi suydirar yomon so’ndirar “, “Yaxshi sharofatli , yomon kasofatli “ , “Yaxshidan gina bo’lmas, yomondan gina ketmas “, “Yomon bola ko’zidan , bilinadi so’zidan”, “Yaxshi bo’lsa bola, yomon bo’lsa balo”, “Yaxshi bilan yursang omon bo’lasan, yomon bilan yursang yomon bo’lasan”.

“Yahshilik qil daryoga ot , baliq biladi, baliq bilmasa Holiq biladi.” (Holiq - olloh ismlaridan biri) kabi maqollar tanishadilar va ma’nosini tushinib yetadilar. Maqollar xalq donoligidir. Unda kishilarning hayotini obdon kuzatib, tajriba to’plab aytgan hikmatli so’zlari o’z ifodasini topgan. Ixcham ko’pincha she’riy tarzda izhor etilgan maqollarning mavzusi rang barangdir. U rad qilinmas pishiq darajadagi nasihatdan iborat bo’ladi. Masalan:

Bog’li el - yog’li el

Bilim kuchda – kuch bilimda

I bobdan shu xulosaga kelish mumkinki, yuqoridagi aytib o’tilgan ertaklar hamda uarning badiiy, epik xususiyatlari hamda o’quvchi ongiga qay darajada ta’sir qilganligini o’rganib, quyidagicha xulosaga kelindi. Ertaklarning qaysi turi bo’lmasin ularda mavjud ikki tabaqa, ikki sinf o’rtasidagi ziddiyatlar va oxir oqibatda baribir ezgulikning yovuzlik ustidan g’alaba qilishi aks ettirilgan bo’ladi. Kichik yoshli bolalar tabiatan taqlidchan bo’ladi. Shunday ekan ularga ko’proq yaxshilik, mehnatsevarlik, do’stga sadoqat, ilm olish, ota-onaga mehr-muhabbat mavzusidagi ertaklarni o’rganish, o’qitish tavsiya etiladi. Bolaning qanday ertak o’qishiga qarab uning psixologiyasi ochib beriladi. Masalan: ko’proq sehrli- fantastik ertaklarni o’qishni xush ko’radigan bolalar o’z xayoli bilan yuruvchi, doim kashfiyot, yangilik qilishga urinuvchi bolalar bo’ladi.

Ertak janr va badiiy kompozitsiyasi jihatdan boshqa xalq og’zaki ijodi janrlaridan tez qabul qilinishi va hamma tomondan bemalol ijro etilishi bilan farqqiladi.Uni istalgan joyda, xoxlagan kishi aytishi mumkin,maxsus ijrochi talab qilmaydi. O’zbek xalqida ko’pincha buvijonlar ertakchili ma’lum. Buni Hanid Olimjonning “ Oygul bilan Baxtiyor” ertagi boshlanmasidagi

“Buvinming har bir ertagi, Har bir aytgan qissasi,

Xayolim tortar edi, Hislarim ortar edi ” misralari bilan izohlash mumkin. Zero, 4 –sinf o’quvchisi hayotga teran ko’z bilan qarovchi ilk qarashlariga ega bo’lgan shaxs, o’qish kitobi esa o’z badiiyligi bilan o’quvchiga estetik zavq bera olishi kerak.Bu borada o’zbek xalq ertaklarining o’rni juda muhimdir.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin