Boshqarish funksiyasi deganda, u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir tipdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:
Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni:
mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mehnat normalari, materiallar sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funksiyalar paydo bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
ishlab chiqarish vositalari, texnika;
xom ashyo;
energiya;
transport kabi moddiy ta’minot vositalari zarur.
Shundan keyin:
kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish;
mehnatni tashkil qilish;
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib chiqadi.
Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo’layapti. Zero:
Funksiyalar faoliyat turlarini, sub’ektning boshqarish ob’ektiga aniq ta’sir qilish yo’nalishini aks ettiradi.
Boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham bo’lishi mumkin emas. Funksiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyasi boshqaruv apparatining izchil xatti-harakatidir.
Shunday qilib, menejment boshqaruv tizimi faoliyatidagi ish jarayonida o’z imkoniyatini namoyon etadi. U mehnat jarayonining barcha jihatlarini qamrab oladi. Menejment jarayoni tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun rahbar bilan xodimlar birgalikdagi xatti-harakatlari yig’indisidir. Menejment jarayoni operatsiyalar, ularni amalga oshirish bosqichlari, vosita va usullari bilan xarakterlanadi. Boshqaruv davrining izchil o’zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda operatsiyalar, rahbarning xatti-harakati boshqarish funksiyasini o’zida namoyon etadi. Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy funksiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur bo’lganligi tufayli ularni mukammal ko’rib chiqamiz (3.3-jadval).
3.3-jadval
Dostları ilə paylaş: |