4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja: Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar


Maqsadli boshqaruv usuli pog’onalari. Faoliyatni yaxshilashga rahbarlik qilish



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə9/10
tarix24.10.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja Boshqarishning-fayllar.org

3. Maqsadli boshqaruv usuli pog’onalari. Faoliyatni yaxshilashga rahbarlik qilish.
Maqsadlar (natija)ga ko’ra boshqarish konsepsiyasi.
Boshqaruvchilik faoliyatining yaxlit tizimi sifatida menejment tashkilot oldiga qo’yilgan barcha maqsad va vazifalarning bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababdan boshqaruv tizimining har bir pog’onasida turgan rahbarlar o’z vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oldida turgan aniq maqsadlarni yaxshi anglashi kerak. Ushbu asosda maqsadli faoliyatning muayyan davrida menejer qo’l ostidagi xodimlarning faoliyatini yo’lga qo’yishi lozim. Menejmentning umumiy maqsadlari va vazifalari boshqaruvchilik tizimining barcha pog’onalaridagi menejerlar bilan bahamjihat ishlab chiqiladi. Maqsad (natija)ga ko’ra boshqarish jarayonining bosqichlari:
  • boshqaruv tizimining barcha pog’onalaridagi menejerlarning vakolatlari va majburiyatlari ko’lami belgilanadi;


  • belgilab qo’yilgan majburiyatlar doirasida boshqaruvning maqsadi va vazifalari ishlab chiqiladi, so’ngra o’zaro muvofiqlashtiriladi;


  • tashkilot oldiga qo’yilgan maqsadlarga real darajada erishish imkoniyatlari va vositalari rejalashtiriladi;


  • har bir pog’onadagi menejerning faoliyati nazorat ostiga olinadi, tahlil qilinadi, baholanadi. Olingan natijalarga ko’ra berilgan topshiriqlarga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Bu holatda faoliyat maqsadlarini qaytadan muvofiqlashtirish zaruriyati tug’ilishi mumkin.




Konsepsiyaning foydali jihatlari:
  • boshqaruv tizimidagi har bir menejer o’zining va tashkilotning maqsadlarini aniq va to’g’ri tasavvur etsagina ish unumdorligi oshadi;


  • umumiy tashkiliy maqsadlar va vazifalarni belgilash jarayonida barcha pog’onadagi menejerlarning bevosita ishtiroki ta’minlangan taqdirda, ularning o’z ishiga qiziqishi hamda mas’uliyati ortadi;


  • pirovard natijaga bosqichma-bosqich erishish imkoniyatining mavjudligi. Zero, rejaga muvofiq ma’lum vaqt mobaynida muayyan natijalarga erishish ko’zda tutiladi;


  • rahbarlar bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, nazorat tizimi faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari paydo bo’ladi.




Konsepsiyaning kamchiliklari:
  • mazkur nazariy tizim boshqaruvning tashkiliy samaradorligi past bo’lgan korxonalarda (tashkiliy faoliyat maqsadlari va vazifalari yuqoridan tushirilib, quyi bo’g’in menejerlarining ushbu jarayonida ishtiroki ta’minlanmasa) yaxshi natija bermaydi;


  • shaxsiy motivlashtirishning sustligi, boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun muhim bo’lgan axborotning yetishmasligi holatlarida, nazorat tizimining faoliyati qoniqarsiz bo’lsa, bu konsepsiyadan foydalanib bo’lmaydi.


  • konsepsiyaga asosan ish yuritilsa, rahbarlarning diqqat-e’tibori kundalik ishlar va yaqin oraliqdagi maqsadlarga erishish bilan bog’liq bo’lib qoladi. Holbuki, faoliyatning pirovard natijasi (uzoq fursatga rejalashtirilgan ishlar)ga qarab ish tutmoq lozim;


  • ma’lum shart-sharoitlarda ushbu konsepsiyaga amal qilish oqibatida odamlarning ijodkorligi va tashabbuskorligi bo’g’ilishi mumkin.




Menejmentda uslubiy yondashuvlar: tizimli-majmuaviy va dasturiy-maqsadli yondashuvlar.
Tizimli-majmuaviy yondashuvning mazmun-mohiyati.
Boshqaruvning ilmiy jihatdan asoslanganligi va samaradorlik prinsipi tizimli-majmuali yondashuv uchun ob’ektiv asos bo’ladi.
Tizimli-majmuaviy yondashuvning mohiyati quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin: har qanday alohida ob’ektga murakkab tizim deb qarash kerak. O’z navbatida, u yanada murakkabroq boshqa tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tizimli-majmuaviy yondashuvning xarakterli xususiyatlari:
  • xolislik;


  • aniqlik;


  • tadqiqot;


  • ob’ektning to’liq qamrab olinishi;


  • determinizm tamoyilining e’tiborga olinishi.


Tizimli-majmuaviy yondashuvning tarkibiy elementlari:


  • elementar jihatdan – tizimning tarkibiy elementlarini aniqlash;


  • tuzilmaviy jihatdan – tizimning tarkibiy elementlari orasidagi ichki aloqadorlik va bog’lanishlarni aniqlash;


  • funksional jihatdan – bajariladigan funksiyalarni aniqlash;


  • kommunikativ jihatdan — tadqiqot ob’ektining o’zga ob’ektlar bilan o’rnatilgan tashqi aloqalarini aniqlash;


  • integrativ jihatdan — tizimni saqlashga, rivojlantirishga va takomillashtirishga xizmat qiluvchi omillar hamda manbalarni aniqlash;


  • tarixiy jihatdan – tizimning shakllanishini, rivojlanishi va istiqbollarini o’rganish;


  • maqsadni belgilash jihatidan – tizimning rivojlanish maqsadlarini ilmiy aniqlash;


  • resurslashtirish ehtiyojlari jihatidan – muayyan muammoni xal etish uchun zarur resurslarning hajmi va tuzilishini aniqlash.





Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin