6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə6/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2 5208808312203643257

5. Belgilash olmoshlari . Har so'zi so'roq olmoshlariga, bir so'ziga qo'shilib, to'pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi,harakat-holatlarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi.

Hamma,barcha,bari butun, jami, jamiki , yalpi olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi,harakat-holatlarni jamlab ifodalaydi.Demak,to'pdan ajratilgan yoki jamlab ko'rsatilgan shaxs, narsa, belgi,harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi.Belgilash olmoshlari, ko'pincha ,belgi(sifat) yoki shaxs-narsa(ot) o'rnida ishlatiladi. Misol:

Ot o'rnida: Har kim ekkanini о'radi. Hamma hasharga qatnashdi.

Belgi o'rnida: Har bir inson о'z baxti uchun kurashadi.Butun xalq yopirildi.

Akademik litsey darsligida belgilash olmoshlari birgalik va ajratish olmoshlari atamalari bilan ikkiga ajratilgan.

Eslatma:Har so'zi vaqt, joy-makon bildiruvchi ba’zi so'zlarga birikib, qo'shma so'zlar hosil qiladi: har doim, har yer, har safar, har zamon, har yoq, har tomon, har gal.Bu so‘zlar olmosh emas, ravish sanaladi.

Misol: Har tomondan odamlar kela boshladi. Har yoqda gullarning ifori taraladi.

Belgilash olmoshi egalik, kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi. Bularning barini tarix shamollari uchirib ketdi. Biznikiga mehmon keldi, Hammasining qoshi qora.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin