6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə8/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
2 5208808312203643257

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Alla
7. Gumon olmoshlari so’roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil qilingan olmoshlardir.

Masalan: kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, allanarsa, allaqancha, allaqaysi.

Gumon olmoshlari narsa, belgi, hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga taxminli ishora qiladi.M isol: Kimdir ot yetaklab о'tar azonda, Uzilar ко'chaning sahargi tushi. Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik.



Alla- qo'shimchasi so'roq olmoshlari oldidan, -dir qo’shimchasi esa so'roq olmoshlari so'ngidan qo'shiladi. Masalan:Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan yuragi zirqirab о'z kabinetiga kirdi. Kimdir qarshi so'z aytgan edi, muallim jerkib berdi.

Har ikki qo'shimcha asos qism bilan qo'shib yoziladi.



Narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. U allanarsalar haqida suhbatlashdi.

Bir so'zi kishi, narsa, nima,payt kabi so'zlarga qo'shilib, bu so'zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. O'zbek oyim bir nima dedi. //O'zbek oyim nimadir dedi. Sizni tashqarida bir kishi chaqiryapti. // Sizni tashqarida kimdir chaqiryapti.

Bunday vaqtda bir so'zi gumon olmoshi o'rnida qo'llangan bo'ladi. Shu bilan birga birov so'zi ham kimdir so'zi bilan erkin almashina olganligi uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Masalan:Sizni tashqarida kimdir chaqiryapti. Sizni tashqarida birov chaqiryapti.



Eslatma:alla- qo'shimchasi qachon, vaqt, mahal so'zlari oldidan kelib, payt ravishini hosil qiladi: allaqachon, allavaqt, allamahal.

Misol: Otabek onasining araziga allaqachon tushungan edi. U allamahal tong otganda kirib keldi.

Gumon olmoshi egalik, kelishik qo'shimchalari bilan o'zgara oladi.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin