6-seminar mashg’ulot. Dunyodagi demografik muammolar (2soat) Umumiy ma’lumot


Dunyo aholisi. Aholining diniy, milliy - etnik xususiyati



Yüklə 22,38 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2023
ölçüsü22,38 Kb.
#124252
1   2   3   4   5
6-seminar

Dunyo aholisi. Aholining diniy, milliy - etnik xususiyati. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, asr so‘nggiga borib o‘sish sur’ati pasayishi taxmin qilinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 2100 yilda dunyo aholisi 12,2 milliardga yetishi mumkin. Dunyoning aholisi eng tez o‘sayotgan mamlakatlaridan biri Nigeriyada istiqmoat qiluvchilar soni 2050 yilgacha ikki barobar ko‘payib, AQShdan o‘zib ketishi va jahonda uchinchi o‘ringa chiqishi kutilmoqda. Ayni paytda NIgeriya aholi soni bo‘yicha dunyoda 7 o‘rinda turibdi. Dunyo aholisi har yili 83 million kishiga ko‘paymoqda. Afrika qit’asi aholisi eng tez o‘sib borayotgan mintaqa bo‘lib turibdi. “Qora qit’a”da har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ishlar soni 4,7 tani tashkil qilgan.
Hisob - kitoblarga ko‘ra, hozirda Xitoyda 1,5 milliard kishi istiqomat qiladi. Ikkinchi o‘rindagi Hindistonda esa aholi soni 1,3 milliard kishidan oshgan. Dunyo aholisi kesimida 60 yoshdan oshganlar soni 2050 yilga borib 2 marta, 2100 yilda esa 3 marta ortishi, sayyoramiz aholisi asta-sekin “qarib borishi” kutilmoqda.
Umumbashariy muammolar mazmunan boy va chuqurligi, qamrovining kengligi butun insoniyat xayotiga taalluqliligi, milliy, regional, chegaralar bilan cheklanib qolmaganligi va boshqa qator xususiyatlariga ko’ra ayrim xalq va millatga, alohida bir ijtimoiy - iqtisodiy tuzumga bevosita tegishli o’lgan muammolardan keskin fark qiladi. Umumbashariy muammolar insoniyatning hozirgi davri uchungina emas, balki kelajakdagi hayotiy manfaatlari uchun xam juda muxim va katta axamiyatga ega.
Jaxon miqyosida yuz bergan jarayonlar tahlili shuni ko’rsatadiki, xozirgi vaqtda insoniyat uchun o’tkir dolzarb bo’lib turgan global muammolar quyidagilardan iborat:
- yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi kirg’in urushlarni oldini olish (urush va tinchlik muammosi);
- atrof - muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo);
- axoli sonining ortib borishi bilan ishlab chiqarishni rivojlanishi mutanosibligiga erishish (demografik muammo);
- yer yuzi aholisining zarur oziq - ovqat va energiya manbalari bilan ishonchli ta’minlash;
- ochlik, qashshoklik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlakatlar o’rtasida keskin farqni bartaraf etish;
- xavfli kasalliklarni tugatish;
- inson ma’naviy - axloqiy muxiti sofligini ta’minlash (etikologiya muammosi) va boshqalar.
Umumbashariy muammolarning kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko’lami va hal etilishining murakkabligi jixatlariga ko’ra ularni uch guruhga ajratish mumkin:

  • mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar.

  • inson - jamiyat tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar.

  • tabiat tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan muammolar. Umumbashariy muammolarning turlari o’zaro qanchalik farqlanmasin bu soxadagi umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir.

Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning bosh omili - fan texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning oqibatidir. Umumbashariy muammolardan biri bu urush va tinchlik muammosidir. Ammo baxtga qarshi butun insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishi tarixi bu - urushlar tarixidir.

Yüklə 22,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin