Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1. Muomala odobi
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - m uom ala 
odobi. U, mohiyatan, o ‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson 
zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o ‘zaro tajriba almashmasdan, 
bir-biriga ta ’sir ko'rsatm asdan rosm ana yashashi m um kin em as. 
M uom ala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ru han 
qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o ‘rinda buyuk ingliz yozuvchisi 
D aniyel Defo qalam iga m ansub m ashhur «R obinzon K ruzoning 
sarguzashtlari» asarini eslashning o ‘ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan 
Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qim m atini, izzatini joyiga 
qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. 
Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlam i namoyon etishi, ko‘zga 
ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng serm azm un 
va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So'zlash 
va tinglay bilish, suhbatlashish m adaniyati m uom alaning m uhim
jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o ‘zini, eng aw alo , 
shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy 
m e’yorlarda namoyon qiladi.
Darhaqiqat, muomala odobida m uloqotning asosi bo‘lmish til katta 
ahamiyatga ega. Zero, odam lar bir-birlarini til orqali tushunadilar, til 
vositasida o ‘z fikrini o ‘zgaga yetkazish m a’lum m a’noda san’at. Z aru r 
so'zni topish, muayyan holatga mos keladigan ifodaviy vositalarni
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘llash, fikrni jumlaviy jihatdan to ‘g‘ri ifodalash, aniq, bosiq, sal°bat 
bilan so‘zlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatmi tortishda 
muhim rol o ‘ynaydi, so'zlovchining nutq madaniyati darajasini ко taradi. 
M uomala odobida tilning sofligi masalasi ham muhim. Til sofligi 
buzilishining asosiy uch xil ko'rinishi mavjud: birmchisi 
bir ti da 
so'zlashayotib, ikkinchi tilga o ‘tib ketish, to ‘g‘rirog‘i, birvarakay «ikki 
tilda» so‘zlashish, misol qilib, ikki talabaning so‘zlashayotganda о zbek 
tilida rus tiliga, rus tilidan o‘zbekchaga muntazam o‘tib tunshini olish 
mumkin, bu b a’zilar uchun odatiy hoi b o iib qolgan. Ikkinchisi 
bir 
tilda so‘zlashayotib, ikkinchi tildagi so‘zlarni, ayniqsa jargonlarm
ishlatish. М., «davay», «koroche», va h.k. Til sofligining uchinchi 
buzilishi esa bir tilda so‘zlashgan holda o'sha tildagi «parazit» so‘zlarni 
qo‘llashda ko‘rinadi. М ., «anaqa» «haliginday» va h.k. Muomaladagi 
bunday til sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan 
kuzatgan odamga nihoyatda xunuk ko‘rinadi. 
r
,
Muomala odobida «siz» va «sen»ning o ‘z o ‘rnida qo‘llamlishi ham 
ahamiyatga ega. Xususan, ota-ona, aka-opa yoki boshqa yoshi katta 
odamlar uchinchi shaxs bo‘lganida ularga nisban birlikdagi «и» olmoshim 
emas, hurm atni anglatuvchi «ular» yoki «и kishi» shaklini qo llash 
odobdan. М ., «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar»,
«U kishi shuni xohlayaptilar» va h.k.
Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo'lib turish, qo‘lni paxsa qilib 
gapirish yoki suhbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni 
chalkashtirib o ‘tirgan holda tinglash, birov jon kuydirib so‘zlayotganda 
esnash v.b. shunga o ‘xshash holatlar ham muomaladagi odobsizlikm
bildiradi. 
. ,
Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu - insoniy qarash, mgoh, 
so‘zsiz — noverbal harakatlar. M a’lumki, odamning qarashida, yuz 
ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, 
so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o ‘z aksini topadi. Chunonchi, 
suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitm ay, qo‘l siltab ketish 
muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo yishnmg 
o ‘zi so'zdan ham kuchliroq ta ’sir ko‘rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta 
o ‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh 
chayqab jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o ‘qrayib 
qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti- 
harakati bilan: «Obbo show oz-ey, sal shoshilibsan-da, ha, mayli, zarari 
yo‘q, shunaqasi ham bo‘ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustanmg
306
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarashidan: «Yana ishni rasvo qilibsan-ku, padarla’nat, qachon odam
b o ‘lasan?!», degan so'zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta 
m uom alada odobga rioya qilgan b o ‘lsa, ikkinchisi uning aksi — 
shogirdining emas, o ‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda.
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat qilm asdan 
va odob o ‘rgatmasdan bir-biriga ta ’siri, tarbiya va o ‘z-o ‘zini tarbiya 
vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli yoshlarimizda m uom ala 
odobini shakllantirish hozirgi kunda jam iyatim iz oldida turgan m uhim
vazifalardan. Bunda ota-onaning, m ahalla-ko‘yning ta ’siri katta. U ndan 
foydalana bilish kerak. Zero, axloqiy komillikka erishish m uom ala 
odobini egallashdan boshlanadi.

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin