Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə27/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

AMALIY MASHG`ULOT-2


Mavzu: So‘zlarning ma`no va munosabatiga ko‘ra turlari

Lug'at tarkibi til birliklari sanalgan so'zlar (leksemalar) va iboralar (frazemalar)dan iboratdir. So'z lug'aviy boylik sifatida leksik birlik deb, ibora esa frazeologik birlik deb ataladi. Bular birgalikda lug'aviy birlikni tashkil etadi.
Leksika deb tildagi barcha so'zlar majmuyiga aytiladi. Leksikologiya (yunoncha lexikos «so'zga doir», logos «ta’limot») tilning lug'at tarkibi, leksikasi va uning taraqqiyoti haqidagi ta’limot demakdir.
Leksika tildagi barcha so'zlarning oddiy yig'indisidangina iborat emas.balki ma’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunadigan izchil va murakkab sistemadir.
Leksikaning taraqqiyoti har bir xalqning turmush sharoiti, o‘sish va yuksalishi bilan bog'liq. Xususan, o‘zbek tilining !ug‘at tarkibi, leksikasi ham o‘zbek xalqining butun taraqqiyot yo‘lini o‘zida aks ettiradi. Jamiyat rivojidagi barcha o ‘zgarishlar tilning taraqqiyotiga ham samarali ta’sir ko'rsatadi. Taraqqiyot natijalari, eng awalo, tilning lug‘at tarkibida, leksikasida o‘z ifodasini topadi.
1-mashq. Avval ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlarni, keyin qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni ko‘chiring. Yutuq, ko‘kat, kamchilik, yugurmoq, maysa, bemor, paqqos tushirmoq, chopmoq, kasal, betob, uzun, qisqa, yemoq, topmoq, yo‘qotmoq.
2-mashq. Yuz, chehra, bet, aft, turq, bashara so‘zlarini bir matn ichidakeltirib, gaplar tuzing.
3-mashq. Qaramoq, yugurmoq, irg‘imoq so‘zlarining ma’nodoshlarinitoping va ular ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.
Takrorlash uchun savollar
1. Ma’nodosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Vatan so‘zining ma’nodoshlarini toping.
3. Ozodlik, hurlik, mustaqillik so‘zlaridagi ma’noviy farqlarni tushuntiring.

Asosiy adabiyotlar


1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. (darslik) MOLIYa- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 U-6793(10ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o’quv qo’llanma) TDPU, -Toshkent, 2009-yil. 81.663.1137 921993(60 ta)
3. M.Hamrayev. Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2019-yil.(60 ta)
4. М.Кенжаева, О.Курбонова. Она тили укитиш методикаси. Молияиктисод, Тошкент-2021.s

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin