Xotirani boshqarish - OS tarkibidagi maxsus dasturlar yordamida bajariladi.
Xotira ishchi dastur bilan yuklanganda sistema uchun qabul qilingan hajmdagi xotira
ajratiladi yoki bo’lmasa topshiriqlar tilida ko’rsatilgandek joy ajratiladi. Shuni aytish
kerakki OS asosini tashkil qiluvchi dasturlar xotirada doim saqlanib turadi uning
=-75-=
uchun xotirada maxsus joy ajratilgan va boshqa dasturlar yordamida bu joyga kirish
OS himoya dasturi yordamida himoyalangan.
Dasturiy resurslar bevosita OS ishini ta’minlaydigan va foydalanuvchi
ishlatadigan( yordamchi) dasturlar majmuasidan iborat bo’ladi. Yordamchi dasturlar
xajmi foydalanuvchi ehtiyojiga qarab aniqlanadi. Bu holda yordamchi dasturlar
qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi deyish notug’ri, chunki dastur qancha ko’p
bo’lsa ularni saqlash, qidirish va ishga tushirish shunchalik murakkab bo’ladi. Shu
sababli aktiv holatda zaruriy dastur resurslarini saqlab zarur bo’lmagan
resurslarni esa arxiv holatda saqlash va kerak bo’lgan holda ularni tiklash tafsiya
qilinadi.
Nazorat va boshqaruv. OS tarkibida jarayonni boshqarish bilan birga uni
nazorat qiluvchi dastur mavjud bo’ladi. Bu dastur prosessorga topshirilgan vazifani
qay darajada bajarayotganligi va to’liqligini taxlil qiladi. Har bir boshqaruv
bajarilgandan so’ng holat kodi nazorat dasturiga qaytariladi va dastur uni taxlil
qilib berilgan topshiriq qay darajada bajarilganligi haqida xulosa qiladi va ma’lumot
boshqaruv dasturiga uzatiladi.
Bog’lanish. OS tarkibiga kirgan barcha dasturlar bir biri bilan chambarchas
bog’langan. Bu bog’lanishlar tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi bog’lanish bevosita OS
boshqarish dasturi bilan bog’lansa, ichki bog’lanish real bajarilayotgan dasturlarning
ishini ta’minlash uchun yordamchi dastur bo’ladi.
Bundan tashqari hodisa bog’lanishi hodisalar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Ya’ni bu
holda har bir hodisa bajarilish sharti taxlil qilinadi va biron-bir hodisa bajarilishi
uchun albatta ma’lum hodisa bajarilishi talab qilinadi.
OS da yuqorida qayd etilgan dasturlardan tashqari yana quyidagi yordamchi
dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilarni bajaradi:
- qurilmalarning parallel ishlashini ta’minlash;
- dasturlarga parallel xizmat qilish;
- umumiy jarayonni aniqlash va boshqarish;
- sinxron jarayonga xizmat;
- kritik resurslarni aniqlash;
=-76-=
- lokal va umumiy berilganlarni aniqlash va boshqarish;
- va h.k.z.