– 216 –
– 217 –
Ko‘rinib turibdiki, misol chaldirmoqning go‘zal
namunalaridan biri.
N. Dovqarayev bu namunaning qanday vaziyatda aytilishi
haqida ma’lumotlar keltirmaganligi sababli qoraqalpoq
folklorida ushbu janrning o‘yin shakli saqlanganmi, yo‘qmi,
aniq bilmaymiz.
Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov chaldirmoq Laqaylar
o‘rtasida umumxalq hashari bo‘layotgan payti hasharchilar
yonidan o‘tgan yo‘lovchilarga quyilishi holati uchrashi
haqidagi faktni aytgan edi. Bu o‘rinda biror bir shart qo‘yilar
ekan. Yo‘lovchi chaldirmoqni yechsa, o‘z yo‘lida ketishi
mumkin, mabodo yecha olmasa, hasharchilar buyurgan
yumushni bajarishi talab qilinar ekan.
Chaldirmoqning ayrim namunalarini qardosh xalq og‘zaki
ijodida uchratamiz:
«Uch kishi ko‘prikdan o‘tmoqda: bittasi ko‘radi, bosadi,
o‘tadi; yana bittasi ko‘radi-yu bosmay o‘tadi; uchinchisi
ko‘rmasdan, bosmasdan o‘tadi».
(Javob: Qo‘lida bolasi bor va homilador ayol).
* * *
Bir kishi boqqa kiribdi. Bir qop anor olibdi. Bog‘ning
yettita eshigi bor ekan. U kishi qaysi eshikning oldiga borsa,
qopdagi anorning yarmini to‘kdirishibdi. Nihoyat, yettinchi
eshikdan chiqibdi. Qarasa, qopda bitta anor qolibdi. Bu
odamning qopida nechta anor bo‘lgan?
(Bir yuz yigirma sakkizta)
Chaldirmoqni quyish, yechish asosida biror-bir shartning
kim tomonidan bajarilishini aniqlash o‘yin va hasharda
chaldirmoq quyishni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularning ijro
o‘rni ayricha bo‘lsa-da, ildizi bir ekanligini ko‘rsatadi.
– 217 –
Chaldirmoqlar ba’zan ertak, afsona, naqllar tarkibida ham
keladi. Bunday holatda chaldirmoq asar syujetiga singishib,
janrga xos ijro o‘rnini yo‘qotadi, sof badiiy-estetik vazifa
bajaradi. Chaldirmoqni quyish, yechimini topish asardagi
obrazlar zimmasiga tushadi. Misol tariqasida «Podsho bilan
chol» naqlini olib qaraylik:
«Qishning kuni vaziri bilan shikorga chiqqan podsho
baliq ovlayotgan cholga duch kelib, so‘rabdi:
– Ha, ota to‘rtni uchga urolmayapsizmi, qishda baliq
ovlab qolibsiz?
Chol:
– To‘rtni uchga urishga urdim-u, o‘ttiz ikki qo‘ymadi-da.
Podsho:
– Bir g‘oz yuboraman, patini yula olasizmi?
Chol:
– Aytganingizdan ziyoda qilaman.
Podsho bu savol-javobning mazmunini vaziridan so‘raydi.
Vazir lol qoladi. Podsho vazirga muddat belgilab yo javobni
topasan, yo jon-u molingni berasan, deydi. Vazir podshoning
g‘azabidan qo‘rqib, katta davlat evaziga choldan sirli savol-
javobning mazmunini so‘raydi.
Chol:
– Hurmatli vazirim, podshoning «to‘rtni uchga
urmadingizmi», degani, yilda to‘rt fasl bor, shuning uch
fasli – bahor, yoz, kuzda yaxshilab mehnat qilib, qishda
yeb yotsangiz bo‘lmasmidi, degani. Mening «o‘ttiz ikki
qo‘ymadi», deganim, o‘ttiz ikki tish yeb bitirdi, deb aytganim.
Biz gaplashayotganda siz hayron bo‘ldingiz. Podsho buni
darrov sezdi va sizga ishora qilib, «Bir g‘oz yuboraman patini
yula olasizmi?», dedi. Men «Aytganingizdan ziyoda qilaman»,
deb javob qaytardim. O‘sha g‘oz siz bo‘lasiz. Mana mening
oldimga keldingiz, bu sirni mol-dunyo evaziga bilib oldingiz.
|