– 97 –
«Alpomish» dostonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida urug‘chilik munosa-
batlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu
monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va ko‘plab
variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning
yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha,
mazmuni) yozib
olindi
1
. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda
keng tarqalgan. Uning o‘zbek
2
, qozoq
3
, qoraqalpoq
4
versiyalari
epik poema holida, tojik
5
, uyrot
6
, tatar
7
, boshqird
8
, O‘rta Osiyo
arablari
9
versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir.
O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada
Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining
syujeti va
kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda
ham yaqin turadi
10
. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dostoni»
(Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning
bunchalik keng
tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda
hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda
bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarini
ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har
bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an’anaviy xususiyatlarini,
ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi.
1
Mirzayev T. «Alpomish» dostonining o‘zbek variantlari. Toshkent, 1968.
2
Uch variant nashr etilgan: Alpomish. Aytuvchi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li. Toshkent,
1958; Alpomish. Berdi baxshi variant. Toshkent, 1969; Saidmurod Panoh o‘g‘li vari
-
anti. «Odilxon» kitobida. Toshkent, 1972, 48–115-betlar.
3
Алпамис-батыр. Под ред. М. Ауэзова и И. Смирновой. Алма-Ата, 1961.
4
Сагтов И. Т. Каракалпакский героический эпос. Тошкент, 1962.
5
Алпамыш. Таджикские варианты текстов. Сталинабад, 1959.
6
Суразаков С. С. Об алтайском сказании «Алып-Манаш». Сб. «Об эпосе
«Алпамыш». Ташкент, 1959, с. 197–202.
7
Валитова А. А. Татарская версия эпоса «Алпамыш». Сб. «Тюрко-
монгольское языкознание и фольклористика». М., 1960, с. 173–209.
8
Киреев А.Н. О башкирском эпосе «Алпамыш». Сб. «Вопросы башкирской
филологии». М., 1959, с. 52–59.
9
Жирмунский В. М. Сказание об Алпамыше и богатырская сказка. М., I960.
10
Книга моего Деде Коркута. М.–Л., 1962.