Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
O\'zbek folklori P

– 110 –
– 111 –
6-MAVZU. ROMANIK DOSTONLARNING 
G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Reja: 
1. Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi.
2. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari romanik dostonlarning 
mumtoz namunalari sifatida.
3. «Kuntug‘mish» dostonining g‘oyaviy­badiiy xusu­
siyatlari.
1. Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi.
Romanik 
dostonlar o‘zbek xalq baxshilari repertuaridagi epik 
namunalarning eng katta guruhi hisoblanadi. V.M.Jirmunskiy 
va H.Zarifovlar «romanik» atamasiga sevgi-muhabbat 
romantikasi va oshiqlarning bu yo‘ldagi qahramonona 
sarguzashtlardan hikoya qiluvchi, Yevropdagi «xalq 
romanlari», «xalq kitoblari» uyg‘un keluvchi epos tiplariga 
nisbatan qo‘llashni ma’qul ko‘rishgan va bu atama o‘zbek 
folklorshunosligi tomonidan qabul etildi.
1
Romanik dostonlar mag‘zida ajdodlarimizning ozod va 
obod mamlakat, tinch va farovon hayot, sof sevgi va barqaror 
do‘stlik, mardlik va jasorat haqidagi yuksak ideallari o‘zining 
badiiy ifodasini topadi. Orzu va ideal hamisha qo‘l yetmas 
mavodek real hayotdan yuqorida turadi. Shu sababli romanik 
dostonlar syujeti aniq bir tarixiy voqea yoki shaxs nomi bilan 
bog‘liq holda izohlanmaydi. Ular idealdagi voqea-hodisalar, 
obrazlar faoliyati bilan bog‘liq holda kechadi. Mana shundan 
kelib chiqilsa, romanik dostonlarga xos yetakchi xususiyat 
ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek folklorshunosligida romanik dostonlar epos 
1
Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский героический эпос. – М.: 
ГИХЛ. 1947. – C. 133.


– 111 –
tadrijiy taraqqiyotining qahramonlik tipidan keyingi bosqi-
chida rivoj topgan mustaqil badiiy-struktural hodisa sifatida 
yuzaga keldi, deb baholanadi.
T.Mirzayev qayd etishicha, romanik dostonlarning 
syujeti o‘zaro yaqin kelib, ularda g‘oyibona oshiq bo‘lgan 
qahramon go‘zal qizni izlab safarga otlanadi, ajoyib-
g‘aroyib hodisalarni, qiyin sarguzashtlarni boshidan 
kechiradi, g‘ayritabiiy kuchlar bilan to‘qnash kelib, barcha 
qiyinchiliklarni yengib, o‘z maqsadiga erishishidan hikoya 
qiladi. Chindan ham olim ta’kidlaganidek, doston voqealari 
hashamatli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli bog‘larda, 
tilsimli qo‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer va 
suv osti yo‘llarida kechadi
1
. Biroq bu dostonlarning har biri 
kompozitsion qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi, 
xarakter va mazmunlari jihatidan mustaqil shaklda namoyon 
bo‘ladi, har birining spetsifik xususiyati, har birida o‘ziga xos 
badiiy zavq bor.
Fantastik voqea va sarguzashtlar girdobida murakkab 
ijtimoiy voqelikni uning barcha real tafsilotlari, ikir-chikir 
va qarama-qarshiliklari bilan tasvirlash romanik dostonlarga 
xos sodda realizmni tug‘dirdi. Hayotiy-maishiy xarakterdagi 
bunday realistik mavzu xalq yumori va didaktikasi xususiyatlari 
bilan mahkam bog‘liqdir
2
. Lirik yo‘nalishning birinchi planga 
chiqib, tasvirning intim tus olishi, yozma adabiyot ta’sirining 
sezilmas darajada ularning ichki taraqqiyoti bilan organik 
birlashib ketganligi romanik dostonlar uslubini belgilaydi, 
ya’ni romanik dostonlarda tasvirlangan ijtimoiy voqelik, 
yangi mavzular yangi formalarni ham keltirib chiqaradi.
Romanik dostonlarni tadqiq etgan S.Mirzayeva ularning 
syujeti nuqtai nazaridan ikki turini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi 
1 Мирзаев Т. Достон. Ўзбек фольклорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981. 
-Б.10-24.
2 Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский героический эпос. 
М.:ГИХЛ,1947. – C. 303
.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin