2. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari romanik dostonlarning
mumtoz namunalari sifatida.
«Go‘ro‘g‘li» turkumi
doston lari o‘zbek xalq baxshilari repertuarining kattagina
qismini tashkil etadi. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari epik qahramon
Go‘ro‘g‘li, epik jangovor ot G‘irko‘k, epik ozodlik o‘lkasi
Chambil vositasida o‘zaro birlashadi. Turkum voqealari
yagona tizimga bog‘lanib, mantiqan biri ikkinchisini to‘ldirib
boradi. Turkumni boshlab beruvchi dostonda qahramon
go‘rda tug‘ilsa, turkum so‘ngida g‘orga kirib g‘oyib bo‘ladi.
Ilk dostonda boshlangan voqealar halqasi so‘nggi dostonda
yopiladi. Turkumga kiruvchi har bir doston ayrim-ayrim
nomga ega bo‘lib, alohida ijro etishga mo‘ljallangan, ammo
ular har doim yagona asar sifatida qabul qilinadi. «Go‘ro‘g‘li»
dostonlari Yaqin va O‘rta sharqda juda mashhur. Fanda ularni
ikki tarmoqqa bo‘lib o‘rganish an’anasi mavjud. Biri – O‘rta
Osiyo versiyalari: o‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq, tojik
va boshqa namunalarni o‘z ichiga olsa, ikkinchisi Zakavkazye
va Yaqin Sharq versiyalari hisoblanib: ozarbayjon,
turk, gruzin, arman va boshqalar kiritiladi. «Go‘ro‘g‘li»
dostonlarining bu ikki tarmog‘i o‘zaro jiddiy umumiyliklarga
– 114 –
– 115 –
ega bo‘lsa-da, dostonlarda qamrab olingan voqelik, epik
an’ana va bosh qahramonga berilgan baho jihatidan, hajmi,
kuylanishi va tarqalish xususiyatlari bilan ham bir-biridan
keskin farqlanadi. Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalariga
xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar ozarbayjon variantlarida
to‘la o‘z ifodasini topgan
1
. O‘rta Osiyo versiyalari, xususan,
o‘zbek variantlarida qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi,
qahramon hayoti, o‘g‘illari, nevara-chevaralari taqdirining
keng qamrovda batartib hikoya qilinishi bilan ham ajralib
turadi. Eposda aniq tarixiy voqealar kelmaydi, balki etnos
hayoti mislsiz romantik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari
ko‘lamida tasvirlanadi. Bu tasvirlardan o‘zbek «Go‘ro‘g‘li»
dostonlari hayot bilan, xalq turmushi bilan aloqasi bo‘lmagan
qandaydir «uydirmalar» yig‘indisi ekan, degan ma’no
chiqmasligi kerak. Bu xil badiiy umumlashmalar eposga xos
hayotni tasvirlash usuli bo‘lib, unda kechmish zamoni ideallik
darajasiga ko‘tarilib tasvirlanadi. Ana shu bepoyon ideallik
va cheksiz romantika bu dostonlarni yanada real, hayotiy,
xalqqa yaqin va davrimizga hamohang qilgan. «Go‘ro‘g‘li»
dostonlariga yaxlit holda nazar tashlasak, ularning mohiyatini
dono va adolatli hukmdor, jasur va qo‘rqmas Go‘ro‘g‘li
boshchiligidagi ozodlik o‘lkasi – Chambil mamlakati va
davlatining tashkil topishi, uni yanada mustahkamlash va
sarhadlarini qo‘riqlash uchun el botirlarining olib borgan
kurashlari tasviri tashkil etadi. Chambildagi tutumlar
o‘rta asrlarda turkiy xalqlar tarixida paydo bo‘lgan yirik
markazlashgan feodal davrlardagi qonun-qoidalarni
eslatadi. Hatto eng afsonaviy parilar yurti ham Chambildagi
hayot tarziga o‘xshashdir. Ularning ham o‘z podsholari,
lashkarboshilari, munaqqash saroylari, hashamatli bog‘-
1
Qarang: Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
– B. 98.
– 115 –
rog‘lari, sahrolarini himoya qiluvchi mifologik qo‘riqbonlari
bor.
«Go‘ro‘g‘li» dostonining O‘rta Osiyo va Zakavkazye
va Yaqin Sharq versiyalarida qahramonning nomi ma’lum
o‘zgarishlarda kelishini ko‘ramiz. O‘zbeklarda Go‘ro‘g‘li,
turkmanlarda Go‘ro‘g‘li, Ko‘ro‘g‘lu, Karo‘g‘li, ozarbayjon,
turk, gruzin, arman va boshqalarda Ko‘ro‘g‘lu nomi mashhur.
«Go‘ro‘g‘li» («Ko‘ro‘g‘lu») dostonlarini dastlabki yozib
olish, nashr etish va o‘rganish ishlari XVIII asrning birinchi
choragi va XIX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Janubiy
Ozarbayjon oshiqlaridan 1721-yilda arman harflari bilan
ozarbayjon tilida yozib olingan «Ko‘ro‘g‘lu» dostonidan
o‘n uchta mustaqil qo‘shmasi
1
, hamda Gruziya Fanlar
akademiyasi Qo‘lyozmalar institutining musulmon fondidan
1856-yilda arman harflari bilan ozarbayjon tilida ko‘chirilgan
yigirma sakkiz majlisdan iborat qo‘lyozmalarni
2
dastlabki
yozma ma’lumot sifatida keltirib o‘tish mumkin. O‘zbek va
turkman «Go‘ro‘g‘li»sining ayrim namunalarini qalamga
olish ishlari esa, XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 1853-
yilda ko‘chirilgan, K.P.Kaufman kolleksiyasida 321-inventar
raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozma, shuningdek, 1936-
yilda Hodi Zarif topgan yana bir boshqa qo‘lyozma
3
bunga
dalil bo‘la oladi. Bu o‘rinda 1870-yilda general-mayor
A.K.Abramov tashkil etgan Iskandarko‘l ekspeditsiyasi
kundaligidagi tarjimon Abdurahmon Mustajirov tomonidan
o‘zbek tilida yozib olingan «Go‘ro‘g‘li» dostoni bir parchasi
1
Тахмасиб М. Проблема народности азербайджанских дастанов и
современное состояние исследования их // Вопросы изучения эпоса народов
СССР. Москва: Наука, 1958. – С. 180.
2
Qarang: Короглы Х. Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и
Азербайджана. – Москва: Наука, 1983. – С. 169–247.
3
Qarang: Зарифов Х. Т. К изучению узбекского народного эпоса // Вопросы
изучения эпоса народов СССР. – Москва: Наука, 1958. – С. 122.
|